4-mavzu: xodimlarni boshqarish tizimi


O‘rta va quyi bo‘g‘in rahbarlari


Download 53.48 Kb.
bet2/12
Sana23.02.2023
Hajmi53.48 Kb.
#1224574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4 МАВЗУ Xodimlarni boshqarish

O‘rta va quyi bo‘g‘in rahbarlari belgilangan ish turlarining tashkilotchilari vazifasini bajaradilar. Ular xizmat vazifasiga ish rejasini ishlab chiqish, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xodimlarni birlashtirish, ish jarayoniga rahbarlik qilish, korxona alohida bo‘linmalari va alohida xodimlar ishini muvofiqlashtirish, ish jarayonini nazorat qilish va boshqalar kiradi.
Xodimlarni boshqarishning 3asosiy yondashuvi mavjud:
1.Xodimlarni boshqarishga «inson kapitali» usulida yondashish ishchi kuchini tashqaridan yollamasdan korxonaning o‘z mehnat salohiyatini rivojlantirishga asoslangan. Ushbu yondashuv «yaratish yoki sotib olish» falsafasining bir ko‘rinishidir: ayrim kompaniyalar o‘z mahsulotlarini butlovchi qismlarini ishlab chiqarishdan ko‘ra sotib olish foydaliroq deb hisoblaydilar, boshqalari malakali xodimlarni o‘zlari tayyorlash va rivojlantirishga pul sarflashdan ko‘ra, tayyor xodimni chetdan yollashni afzal biladilar.
Xodimlarni boshqarishdagi ikkinchi «mehnat bozori» yondashuvi ish beruvchini tashqi mehnat bozorida eng maqbul kasbga ega ishchi kuchini qidirishga rag‘batlantiruvchi omillar bilan bog‘liqdir. Bu holda tashqi bozordan ishchi kuchini jalb etish muayyan cheklashlarga ega ekanligini hisobga olish lozim. Jumladan, kadrlarni tanlash uchun sarf-xarajatlar talab etiladi. Bozor kon’yunkturasi mazkur firma uchun talab etilayotgan malakali ishchi kuchiga taklifni kamaytirishi mumkin, ushbu sharoitlarda tashqi mehnat bozoridan foydalanish xodimlarni yollash bilan bog‘liq xarajatlarni ko‘paytirib yuboradi.
Uchinchi yondashuv «korxonaga sodiklik»ka asoslangan. Bu holda xodimlarni korxona (firma) faoliyatiga jalb etish shu darajaga etadiki, xodimlarda korxonaga o‘z mulkidek munosabatda bo‘lish shakllanadi. Mazkur yondashuvda xodim va ish beruvchi bilan iqtisodiy munosabatlar xodimlar va korxona o‘rtasidagi shartnomada mustahkam-langan bo‘ladi. Ushbu shartnomada ish haqi, boshqa iqtisodiy masalalar mas’uliyati, hokimiyatni sui iste’mol qilish cheklovlari belgilab qo‘yiladi. «Korxonaga sadoqat» psixologik omillar — xodimlarning sidqidilligi, topshiriqlarning aniqligi va ularning ijroga bog‘liqligi, shaxsiy qadriyatlar va firma qadriyatlari, shaxsiy va guruhiy munosabatlarni qamrab oladi.
Xodimlarni boshqarish tizimi quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak:
Egiluvchanlik — ishlab chiqarishda va xodimlar tarkibida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga muvofiq qisqa muddatda tizim tuzilmasini qayta tashkil etish imkoniyati.

Download 53.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling