4-mavzu: xodimlarni boshqarish tizimi


Download 53.48 Kb.
bet12/12
Sana23.02.2023
Hajmi53.48 Kb.
#1224574
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
4 МАВЗУ Xodimlarni boshqarish

IVM, «Arr1e» kabi kompaniyalar xodimlar uchun o‘z korxonalari nufuzini butun choralar bilan oshirishga qaratilgan maxsus tarbiyaviy dasturlarni ishlab chiqqanlar. Bu dasturlarda kompaniya o‘z xodimlaridan korxona nufuzini ko‘tarish uchun o‘zlarini ham ishlab chiqarishda, ham ishlab chiqarishdan tashqarida qanday tutishlari, axloqiy mezonlar batartib ko‘rsatib berilgan.
SHu munosabat bilan «Lufthhansa» (Germaniya) aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishning asosiy tamoyillari diqqatga sazovordir. Ular quyidagilarda bayon etilgan:
1. Biz xizmat ko‘rsatuvchi korxona hisoblanamiz.
2. Biz ham ichki, hamda xalqaro havo yo‘llarida xizmat ko‘rsatadigan nemis korxonasi hisoblanamiz.
3. Biz yo‘lovchilar va yuklarni manzilga iloji boricha ishonarli, muntazam va aniq etkazib beramiz.
4. Biz xizmatlarimizni Germaniya iqtisodiyoti ehtiyojlariga yo‘naltiramiz.
5. Biz ilmiy qarashlarni hisobga olgan holda ishlaymiz.
6. Jahondagi eng yaxshi havo yo‘llariga taalluqli bo‘lish — bizning maqsadimizdir. Buninguchun biz:
—aviatsiya sohasidagi malakamizga;
—texnik aniklikka;
—xizmat ko‘rsatishga doimo tayyor ekanligimizga tayanamiz.
7. Biz mijozlarimizga, ayniqsa ishbilarmonlarga erda va havoda eng yaxshi xizmatni taklif etamiz.
8. Bizning maqsadimiz — xodimlarni ijtimoiy himoya bilan ta’minlashdir.
9. Bizning maqsadimiz — sarmoya egalariga tegishli foyda olishni ta’minlashdir.
10. Biz ishonchli sherikmiz.
11. Bizning xulqimiz bizning xatti-harakatlarimizda namoyon bo‘ladi.
12. Biz o‘zimizning ishonchli ekanimizni sifatli va yuksak
xizmat ko‘rsatish darajamiz barqarorlitida namoyon qilamiz.
Xodimlarni boshqarishda jahonda to‘plangan va katta samara keltirayotgan tajribalardan oqilona, mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muvaffaqiyat kalitidir.
Hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan me’yorlar 1 ming kishilik mehnat jamoasiga 10 nafar xodimlarni boshqarish xodimining to‘g‘ri keli-shini ko‘rsatmoqda. Odatda, ularning 6 tasi maxsus oliy ma’lumotga, 4 tasi to‘liqsiz oliy ma’lumotga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Umuman olganda, xodimlarni boshqarish xizmati xodimlarining soni kompaniya va firmalarda ish bilan band bo‘lganlarning 1 — 1,5 foizini (yapon korporatsiyalarida 2,5 foizni) tashkil etadi.


Nazorat va muhokama uchun savollar:


1. Xodimlarni boshqarish tamoyillari deganda nimani tushunasiz?
2. Xodimlarni boshqarishga oid qanday yondashuvlar mavjud?
3. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini tushuntirib bering.
4. Boshqaruvning qanday uslublarini bilasiz?
5. Xodimlarni boshqarish vazifa va funksiyalarini izohlang.
6. Xodimlarni boshqarishning ijtimoiy-psixologik uslublar tasnifiga nimalar kiradi?
7. Xodimlarni boshqarish xizmati deganda nimani tushunasiz?
Download 53.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling