Ushbu maqolada insonlar salomatligini zamonaviy kimyoviy dorilarsiz, xalq tabobati yordamida osonroq va bezarar davolash usullarini yoritilgan. Bu masalada Ibn Sino ilmlari va o’zimizning malakamizga tayanamiz


Download 1.59 Mb.
bet1/5
Sana19.05.2020
Hajmi1.59 Mb.
#107815
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Maqola


Ushbu maqolada insonlar salomatligini zamonaviy kimyoviy dorilarsiz, xalq tabobati yordamida osonroq va bezarar davolash usullarini yoritilgan. Bu masalada Ibn Sino ilmlari va o’zimizning malakamizga tayanamiz. Maqsad, sun’iy dorilarsiz,ancha foydali tabiiy vositalarni tatbiq etishdir. Demak, avvalo biz sun’iy va tabiiy dorilarni chin ma’noda farqlashimiz kerak. Sun’iy dorilar bizning ma’lum kasallikdan xalos etadi ammo keyinchalik boshqa bir kasallikni yetaklab keladi, masalan ba’zilar surunkali oyoq bo’g’imi og’rig’idan shikoyat qiladilar va og’riq o’tib ketishi uchun tarkibida diklofenak natriy saqlagan og’riq qoldiruvchilarni doimiy ravishda qabul qiladilar, oqibatda ovqat hazm qilish sistemalarida muammo paydo bo’ladi. Ya’ni ushbu og’riq qoldiruvchi dorilar tarkibidagi diklofenak natriy me’da osti bezini zararlaydi va pankreatitga olib keladi. Bu jarayon ayrim hollarda oxir-oqibat qandli diabet kasalligiga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun bu jarayonga tushib qolmaslik uchun Ibn Sinoga yuzlanamiz. Bunda Abu Ali ibn Sino oshqovoqning etini qo‘raga ko‘mib pishirish va undan bo‘g‘im og‘rig‘ini to‘xtatish uchun foydalansa oyoq bo’g’imidagi og’riqlar tezda o’tib ketishini aytgan. Shuningdek oftalmologiyada ko‘rish qobiliyati pasayganda qovoqning eti va sharbatini iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Undan ajratib olingan moddalar sil tayoqchalarining o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Va yana Abu Ali ibn Sino xantal urug‘i bilan bo‘g‘im kasalliklarini samarali davolagan. U yanchilgan xantal urug‘ini asalga aralashtirib, og‘rigan joyga malham sifatida surishni buyurgan.[Shukur Irgashev “Tabiatning o’zi tabib”—Toshkent, Abu Ali ibn Sino, 2003] Ko’rib turganinggizdek sun’iy dorilar foydadan so’ng albatta zarar yetkazmay qo’ymaydi. Bitta bo’g’im og’rig’idan pankreatit yoki qandli diabetday og’irroq kasalliklarga yo’liqish mumkin ekan. Shu o’rinda Ibn Sinoning bir hikmati o’rinli: “Topgan va yo’qotgan narsalaring o’zaro teng qiymatlimidi?!” Shunday ekan ko’proq tabiiylikka intilmoq kerak. Endi esa sun’iy va tabiiy dori vositalar farqini anglagan ekanmiz, Ibn Sinodan kasalliklarga qarshi ajoyib usullarni keltirib o’tamiz va ayrim zamonaviy dorilar bilan taqqoslaymiz.

Behi.Burishtiruvchi va quvvatlantiruvchi mevadir. Burishtirganligi tufayli ter ajralishini yaxshi to’xtatadi. U qo’ltiqdagi va oyoqdagi hidlarni(qaynatilgan suvi) yaxshi bartaraf etadi. Bu zamonaviy antipresperantlardan ancha samaralidir. Antipresperantlarning zarari shundaki, ular tufayli terida allergik reaksiylar vujudga kelib, toshmalar toshishi mumkin. Bundan tashqari undagi kimyoviy moddalar saratonni rivojlantiradi.

Behi moyi. U uchuq chiqishiga juda foydali. Behi sharbati. Behi sharbati qayt qilish va ich ketishiga foydali, shu bilan birga chanqoq bosuvchi hisoblanadi. Behi quritmasidan tayyorlangan sharbat ayniqsa yoz paytida kelib chiqadigan ovqatdan zaharlanishlarni davolashda samaralidir. Bu sharbat bolalarga ovqatdan zaharlanishda oz-oz miqdorda har 10-15 daqiqada berilsa yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Bu sharbat tarkibida diosmektit saqlagan(SMEKTA); sitrat digidrati, kaliy xlorid, natriy xlorid, natriy glikozidi saqlagan(ORSA va REGIDRON) dorilardan ancha samarali va zararsiz hisoblanadi.



Behi urug’I astmada, tomoq qirilishida va balg’am ajralishida yaxshi ta’sir etadi. Buning uchun 3-4 dona behi urug’ini 1 stakan suvga solib 10-15 daqiqa past olovda qaynatiladi. Tayyor bo’lgan damlama har kuni har ovqatdan oldin 50 gramm miqdorda ise’mol qilinadi. Behi bargidan tayyorlangan qaynatma ham foydali bo’lib, tomoqqa antiseptik ta’sir ko’rsatib mikroblarni o’ldiradi va hozirgi zamonaviy chayish vositalari(HEPILOR—geksitidin, xolin salitsilati va xlorbutanol gemigidrati LOROBEN-- benzidamin gidroxlorid va xlorgeksidin diglukonati saqlaydi)dan a’lodir. Bu kimyoviy vositalar organizmga salbiy ta’sirlar ko’rsatishi mumkin: Loroben eritmasi qo’llanilgandan keyin ko’pchilikda ko’ngil aynishi, og’izda kuyish,qurishi, ta’m bilishning vaqtincha yo’qolishi, tishlarda dog’lar paydo bo’lishi, boshda og’riq, allergik reaksiyalar, quloq atrofi bezlari vaqtincha shishishi, laringospazm, bronxospazm va yo’tal kuzatiladi. Bundan tashqari shimiladigan yalpiz ta’mli tabletkalar ham ko’p foydalaniladi. Ular ovozni bug’ilishiga sabab bo’ladi. Behi urug’idan tayyorlangan damlama, aksincha, tomoq yo’lini yumshatadi, tomoqdagi shishlarni va yiringlarni yo’qotadi. Behi bargi va yosh novdalari qandli diabet kasalligida damlab ichilsa, yaxshi natija beradi, chunki me’daosti bezi ishini yaxshilaydi va shuning natijasida qondagi shakar miqdorini normallashtiradi.



Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling