Ushbu maqolada insonlar salomatligini zamonaviy kimyoviy dorilarsiz, xalq tabobati yordamida osonroq va bezarar davolash usullarini yoritilgan. Bu masalada Ibn Sino ilmlari va o’zimizning malakamizga tayanamiz


Download 1.59 Mb.
bet4/5
Sana19.05.2020
Hajmi1.59 Mb.
#107815
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maqola

Bodom. Achchiq bodom kosmetologiyada ko’p ishlatiladi. Achchiq bodom sepkil, nuqtali qontalash izlar, oftobda qorayishdan saqlaydi. Yuzdagi ajinlarni yozib yuborishda foydali. Achchiq bodom ildizi qaynatib sepkilga qo’yiladi. Hozirgi kosmetologik vositalar yuz terisiga go’zallik berishi bilan birga salbiy ta’sir ham ko’rsatadi. Achchiq bodom yog’i bilan (1choy qoshiq ) zaytun yog’i(1choy qoshiq) va limon suvi(2osh qoshiq) qo’shib tayyorlangan niqob yuz uchun va soch to’kilishiga yaxshi yordam beradi. Shirin bodom shakar bilan qo’shib yeyilsa, miya faoliyatini yaxshilaydi va xotirani mustahkamlaydi. Yuguruk va temiratki yaralarga qo’yilsa yaxshi ta’sir qiladi.

Achchiq bodom yog’I quloq og’rig’I va g’uvullashida foyda qiladi. Sharobga achchiq bodom yog’I qo’shilib niqob tayyorlash sochdagi qazg’oqlarni yo’qotadi. Bodom, shuningdek, ko’rish quvvatini kuchaytiradi. Tuyulgan bodom yo’talga foydalidir.

Murch.Murchda tortish, shimdirish, tozalash quvvati bor. Mayiz bilan qo’shib chaynalsa , yopishqoq balg’amni ko’chiradi va butkul yo’qotadi. U og’riqlarni bosuvchi va asabni qizdiruvchidir. Murch sog’lom kishilargagina to’g’ri keladi. Sirka bilan qo’shib ishlatilsa, tishlar uchun foydalidir. Oq murch ko’zga surtiladigan dorilar tarkibiga kiradi. Agar shimiladigan dorilar bilan qo’llanilsa, yo’talga, tomoq og’rig’iga foydalidir. Asal bilan qo’shib tanglayga surtilsa, tomoq og’rig’iga foyda va o’pkani tozalaydi. Ovqat hazm qiluvchi va ishtahani ochuvchidir. Murch ovqatni osonlikcha ichakka o’tkazadi va ichaklar og’rig’iga foydalidir.

Ko’pchilik bunday samarali vositadan ko’ra hazm qiluvchi dorilarni afzal ko’radi va ularda ko’ngil aynish, qusish, qabziyat, qorin og’rig’i, diareya, og’iz shilliq qavatining ta’sirlanishini keltirib chiqaradi. Bir qator allergik reaksiyalar, yuqori sezuvchanlik, teri giperemiyasi, teri toshmasi, teri shishishi, nafas yo’llari obstruksiyasiga sabab bo’ladi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling