Immun patologiya. Yuqori sezuvchanlik (alltrgiya)
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Аллергия ва аутоиммун касалликларMicrosoft Word (4)
IMMUN PATOLOGIYA. YUQORI SEZUVCHANLIK (ALLTRGIYA). Immunopatologiya antigen stimulga javoban immun tizimning nosoz yoki yetarli bo'lmagan reaksiyasi natijasida kelib chiqadi va uch yo'nalishda rivojlanishi mumkin:
- gipersezgirlik, ya'ni antigenga yuqori reaksiya bilan bilan javob berilishi, buning natijasida to'qimaning shikastlanishi va yallig'lanishlar kuzatiladi; - giporeaktivlik yoki immunitet tanqisligi, natijada bakterial va virusli antigenlarga nisbatan qarshilikni sustlashuvi kuzatiladi; - autoimmun holat оrganizmning o'z hujayralari va to'qimalariga qarshi immunitetning" reaksiyasi " bilan bog'liq patologik jarayonlar. Yuqori sezgirlik (allergiya) .Tabiiy sharoitda immun javob himoya qilish uchun mo'ljallangan, ayrim hollarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini o'z ichiga olgan patologik jarayonlarga olib keladi. Yuqori sezuvchanlik antigen bilan qayta aloqa qilishda rivojlanib, jarayonda to'qimalarga o'ziga xos shaklda zarar yetkazish kuzatiladi. Yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining asosida оrganizmning ma'lum allergenga (antigen) nisbatan sezgirligini oshishi yotadi. Allergenlar-to'la qimmatli antigen yoki gaptenlar bo'lib, ular оrganizmga tushganda allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Allergenlar bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, immun javob rivojlanishida Tx2 immun javob yo'nalishi va IgE ishlab chiqarish xususiyatlari bilan ifodalanadi. Allergenlar tabiatan proteinlardir, chunki, faqat oqsillarga nisbatan T-hujayra immun javobni keltirib chiqarishi mumkin. Allergenlar shilliq pardalar orqali va past kontsentratsiyada kirishi mumkin – bu omillar sodda antigenspetsifik T–xelper hujayralarni T- xelperlarning 2-tipigacha shakllantirishi mumkin. Ko'pgina hollarda allergenlar epiteliy hujayralarning hujayralararo aloqalarini buzadigan fermentlar bo'lib, allergenlarning shilliq qavatlar orqali оrganizmga kirib borishiga yordam beradi. Allergenlarning past molekular og'irligi (10-40 kDa), ularning yuqori eruvchanligini ifodalaydi va shilliq qavatlar orqali osongina оrganizmga kirishini ta'minlaydi.
Allergenlar kelib chiqishi bo'yicha quyidagicha tasniflanadi: polenli; shartli patogen mikroоrganizmlar va zamburug'larning allergenlari (mog'orlar); epidermal; ingalatsion; oziq-ovqat; hayvon va hasharotlar allergenlari; sanoat; uy xo'jaligi; dorivor moddalar. Tanaga kirish usuliga qarab: -ekzoallergenlar (tashqaridan kiradi): kontakt (teri orqali); ingalyator(nafas olish yo'li orqali); alimentar (oshqozon-ichak trakti orqali); parenteral (qon orqali); -endoallergenlar (autoallergenlar) – оrganizm uchun zararli omillar ( masalan, "nur allergiyasi", kuyish, yallig'lanish) ta'siri ostida paydo bo'ladi. Allergiya sabablari-allergik kasallikning sezilarli o'sishi bilan bog'liq holda, so'nggi o'n yilliklarda olimlarning e'tiborini asosan (IgE ning kelib chiqish sabablari va allergik patologiyaning shakllanishidagi o'rni va boshqa omillar bilan bog'liqligi) tortib kelmoqda. O'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, rivojlanish ehtimoli allergik kasalliklarda 50% hollarda genetik omillar bilan belgilanadi vaatrof-muhit omillari esa 50% ga to'g'ri keladi. Allergiya kelib chiqish ehtimoli bolada, agar ota- onalardan har ikkisi allergiyaga duchor bo'lmagan bo'lsa 10% dan oshmaydi, agar ota – onalardan birida allergiya bo'lsa -, 30- 40%, har ikkalasi xam ota – ona allergiyaga chalingan taqdirda-50-70% allergiya kelib chiqish ehtimoli bolalarda kuzatilishi mumkin.Boshqa tomondan, allergik kasalliklarni kelib chiqish chastotasi yuqori kuzatilgan, ayniqsa bronxial astmani,iqtisodiy jihatdan rivojlangan hududlarda, uning kelib chiqish ehtimoli,atrof-muhit omillari bilan bog'liqlig'i inkor etilmaydi. Allergiyaga moyillikni meros qilib olish ma'lum bir genga bog'liq emas, bu genlar majmuasini o'z ichiga oladi. Buning uchun mas'ul bo'lgan inson genetik kodida bir necha o'nlab joylar topilgan. Allergiya rivojlanishida ishtirok etish ba'zilarda zaif bo'lishi mumkin, boshqalari esa kuchliroqdir. Asosiy joy beshinchi X xromosoma hisoblanadi. Bu xromosomalarda allergik reaksiyada ishtirok etishi mumkin bo'lgan tanadagi turli oqsillar va moddalarni ishlab chiqarishni nazorat
qiluvchi joylar mavjud. Xususan, allergiya rivojlanishida muhim rol o'ynaydigan antitelalarni ishlab chiqarishni boshqarilishi misol bo'la oladi. Hozirgi kunda yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining ikki shakli-tipi mavjud: darhol yuzaga chiquvchi sezuvchanlik (gumoral immunitet reaksiyasi ko'rinishida); sekin yuzaga chiquvchi sezuvchanlik (hujayraviy immunitet reaksiyasi ko'rinishida). Djella va Kumbs tasnifiga ko'ra, rivojlanish mexanizmiga ko'ra barcha allergik reaksiyalar to'rt tipga bo'linadi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling