Immun patologiya. Yuqori sezuvchanlik (alltrgiya)


Allergik kasalliklarning rivojlanishiga qarshi himoya omillari


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#207357
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Аллергия ва аутоиммун касалликларMicrosoft Word (4)

Allergik kasalliklarning rivojlanishiga qarshi himoya omillari. 


Oxirgi 20 yil davomida dunyoning 64 davlatlarini qamrab olingan, 2 million 

kishi tekshirilgan ISAAS(International  Studyof Asthmaand Allergyin Childhood) 

dasturi doirasida ollingan  ma'lumotlar  har tomonlama tahlil qilindi. Dastur 

tekshiruvida 6-7 va 12-14 yoshdagi bolalar, shuningdek, ularning ota-onalari 

ishtirok etdilar. Olingan natijalardan bir qator qiziqarli ma'lumotlar aniqlandi

jumladan: 

  qishloq aholisining allergik kasal bo'lish ehtimoli ishonarli kamligi, 

shahardagi ko'rsatkichlarga nisbatan; 

  homiladorlik  davrida onalar, doimo uy hayvonlari bilan  aloqada 

bo'lganda, bolada allergiya rivojlanish ehtimoli kamroq kuzatilgan; 

  ko'p bolali oilalarda eng kichik yosh bolalar, katta bolalarga qaraganda 

kamroq allergik kasalliklar bilan kasallanishi, ularda shamollash kasalliklari 

ko'proq uchrashi; 

  kommensal mikroоrganizmlar lakto va bifidobakteriyalar tomonidan 

ichakni erta kolonizatsiya qilinishi,  shuningdek Helicobacter pylori va 

Toxoplasma gondii infeksiyalari,  bolalarning  allergik kasalliklardan  himoya 

qilishi; 

  qizamiq, gepatit A kasalligini o'tkazgan  va tuberkulin testi musbat 

bo'lgan  ( Mycobacterium tuberculosis yuqqanligini tasdiqlovchi) bolalarda 

allergik kasalliklarni kam  uchrashi;  

  hayotning 1 yilida bolalarni emlash allergik kasalliklarning past darajasi 

bilan bog'liq omil hisoblanadi (istisno ko'k yo'talga qarshi emlash). 

Ushbu olingan ma'lumotlar va boshqa shunga o'xshash faktlarga asoslanib, 

1989 yilda  "Gigiyenik gipoteza" ishlab chiqildi. Ushbu gipotezaga ko'ra, allergik 

kasalliklar darajalarining ko'payishiga yordam beruvchi omillar, asosan bolalarni 

erta yoshida  yuqumli  kasalliklar bilan kam  kasallanishi hisoblanar ekan. 

Qishloq xo'jaligidan sanoat texnologiyalariga  o'tilishi, bolalarda 

mikroоrganizmlar bilan aloqani  kamayishiga olib keldi. Ishonchli manbalar shuni 

ko'rsatadiki, erta bolalik davrida  bunday mikroоrganizmlar  bilan aloqalar allergik 

rivojlanishning oldini oladi, patogen mikroоrganizmlarning ko'pchiligi immun 




sistemaning Th1 javobiga o'tishiga yordam beradi. T- xelper yordamchi hujayralar 

tomonidan ajratilgan sitokinlar esa, B-limfotsitlarni IgE sintezidan IgG sinteziga 

o'tkazishiga olib keladi. 

Keyinchalik, parazitar infeksiyalarni davolashda antgelmintik preparatlari 

olgan bolalarda,  atopiyaning tarqalishi, gelmintlar bilan kasallangan bolalarga 

nisbatan  yuqori ekanligi ma'lum bo'ldi. Bir tomondan, o'tkir parazitar invaziya 

Th2 hujayralarni aktivlashuviga vositachilik  qilishi va IgE  sintezini 

aktivlashtiradi, olingan natijalar gigienik gipotezaga qarshidek tuyulardi, ammo 

boshqa tomondan, uzoq muddatli gelmentlarni tashib  yurish  Treg  limfotsitlarning 

hosil bo'lishini faollashtiradi. Olingan yangililiklar  bilan ushbu gigiyenik gipoteza 

takomillashtirildi. Endi bu odatda qabul qilingan, ya'ni  allergiya rivojlanishidan 

infeksiyalar himoya qilar ekan, ular  Th1/TH2  va  yoki Treg / TH2   hujayralar 

o'rtasidagi muozanatni saqlab, Th1 yoki Treg hujayralarining tarqalishini  ta'minlar 

ekan. Shuning uchun,yuqumli patogenlar bilan aloqa chastotasini kamaytirish va 

kommensal mikroоrganizmlar faoliyatning pasayishi Th1 yoki Treg limfotsitlar 

shakllanishi va rivojlanish xavfini oshiradi, bu esa allergik kasalliklarning kelib 

chiqishiga sharoit yaratib beradi. 

Bolalikda kasalliklarga olib keladigan infeksiyalarning aksariyati, (oz 

miqdordagi respirator kasallik qo'zg'atuvchi  viruslar,  bundan mustasno) allergik 

kasalliklardan himoya qiladi. 

Shunday qilib, allergik kasalliklarga genetik moyillikning  mavjudligi, 

gigiyena chora-tadbirlarini qa'tiy amal qilinishi, buning natijasida  yetarli 

mikrorоrganizmlar bilan aloqani yo'qligi, shuningdek, erta yoshda yuqumli 

kasalliklar bilan kam kasallanish oqibatlari, оrganizmda immunoregulyator 

mexanizmlarini buzilishiga olib kelishi va allergik kasalliklarning kelib chiqishiga 

sabab bo'lar ekan. 




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling