2.3. Yuqori sezuvchanlikni 3- tipi.(immun kompleks kasalliklari)
Odatda normal ishlaydigan immun tizim,оrganizmda hosil bo'lgan "antigen+
antite" ning ko'plab komplekslarini makrofag-fagotsitik tizim tomonidan yo'q
qilinadi. Immun tizimning "yetishmovchiligi" ro'y bersa, to'qimalar, оrganlarga
(buyraklar, arteriyalar, bo'g'inlar, o'pka) bu kompleks birikib oladi va shu bilan, bu
оrganlarning normal funksiyasini buzadi.
Immun komplekslari kasalliklari bilan bog'liq nosozliklar- moxov, bezgak,
virusli gapatit V, stafilokokk endokarditida uchraydi. Agar immun komplekslar
buyrak kalavasining kapillyarlariga o'tirib qolsa (17- rasm), buholda siydikni
filtrlashini qiyinlashtiradi; qon - tomir davorining o'tkazuvchanligini oshiradi, bu
qon quyilishi, nekrozga va glomerulonefrit kasalligiga olib keladi .
17- rasm. Allergik reaksiyaning 3 – tipi (glomerulonefritda immun kompleks
mexanizmi).
Do'stlaringiz bilan baham: |