Immun patologiya. Yuqori sezuvchanlik (alltrgiya)
Yuqori sezuvchanlikni 4- tipi
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Аллергия ва аутоиммун касалликларMicrosoft Word (4)
2.4. Yuqori sezuvchanlikni 4- tipi. Sekin yuzaga chiquvchi sezgirlik
(SYUCHS). 12 soatdan ilgari rivojlanmaydi, ko'p hollarda antigen bilan aloqa qilgandan bir necha kun o'tgach ro'y beradi. Yuqoridagilardan farqli o'laroq, asosiy rolni antitelalar o'ynamaydi, hujayraviy mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. SYUCHS sensibilizatsiya bo'lgan оrganizmdan T-limfotsitlar o'tkazish orqali intakt оrganizmlarda keltirib chiqarishi mumkin. SYUCHS asosida T- hujayralarning himoya qilish reaksiyasining o'zgargan ko'rinishi yotadi. SYUCHS tipida T- limfotsitlar antigen taqdim qiluvchi hujayralar bilan aloqada bo'ladi (ko'pincha terida dentritik langergans hujayralari bo'lishi mumkin).APH sitokinlar ishlab chiqaradi (IL-1, IL-2, IL-12), bu sitokinlar antigen maxsus xotira T-hujayralarini va makrofaglarni faollashtiradi. Makrofaglar shakllanib faollashib epitelioid hujayralarga aylanadi. SYUCHS jarayonining granulomatoz tipida epitelioid hujayralar bir biri bilan birikib, oxir-oqibatda granuloma shakllanishiga olib keladi.SYUCHS tipini asosiy kompanenti bo'lgan T- limfotsitlar aktivlashadi va ularda in vivo blasttransformatsiya kuzatiladi.
18-rasm. Allergik reaksiyaning 4 tipi (sxematik ko'rinishi) SYUCHS tipi reaksiyasining klinik ko'rinishlari ko'pincha (moxov, sil, shizostomoz, sarkondoz, Krona kasalligi ) surunkali antigenni оrganizmda saqlanib turishi oqibatida rivojlanadi ( 18- rasm).SYUCHS tipida bakterial, virusli, zamburug'li va sodda jonivorlar antigenlari bo'lishi mumkin. (Kron va sarkondoz kasalligida yuqumli agentni mavjudligi isbotlangan emas).
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling