Mo’miyo.Chiqqan, singan, yiqilgan, urilgandagi og’riqlarda, yuz falajida surtilsa, yaxshi foyda qiladi. Mo’miyo tarkibida vitamin va minerallar mavjud. Asosan Ca ga boy. Shuning uchun mo’miyo eritmasidan ichish singan suyakni bitishiga kata yordam beradi. Uning tarkibidagi Ca-D3 vitamini qonga tez so’riladi.
Ammo, ko’pchilik Ca ga bo’lgan talabni qondirish uchun Ca-D3 nikomed vitamini tabletkalarini qabul qiladi. Agar Ca-D3 nikomed vitaminining tabletkalari ko’p qabul qilinsa, buyraklarda tosh paydo bo’lishi ehtimoli kuchayadi. Ba’zi kishilarga Ca tabletkalari qabziyatni keltirib chiqarishi mumkin. Mo’miyo eritmasi esa aksincha o’t pufagidagi, buyrakdagi tosh va tuzlarni eritish xususiyatiga ega. Mo’miyo eritmasidan ichish va undan ayollar uchun tamponlar tayyorlash ayollardagi bachadon miomasining boshlang’ich davrida juda yaxshi natija beradi. Mo’miyo eritmasi bilan huqna qilish bachadon bo’yni eroziyasiga to’sqinlik qiladi. Bachadon bo’yni kimyoviy moddalarga o’ta sezuvchan bo’lgani uchun kimyoviy dorilardan salbiy oqibat kutish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |