Ushbu maqolada insonlar salomatligini zamonaviy kimyoviy dorilarsiz, xalq tabobati yordamida osonroq va bezarar davolash usullarini yoritilgan. Bu masalada Ibn Sino ilmlari va o’zimizning malakamizga tayanamiz


Download 1.59 Mb.
bet5/5
Sana19.05.2020
Hajmi1.59 Mb.
#107815
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maqola


Rovoch ildizi. Burishtiruvchi xususiyati bor. Yiqilish va urilishlarda foydali. Uni rayhon sharbati yoki moyi bilan aralashtirib surkalsa, et uzilishi og’riqlarida, mushaklar cho’zilishida foydali. Astma va qon tuflashda yaxshi samara beradi. Jigar va me’da-ichak og’riqlarida, hiqichoqda foydali. Rovoch ildizi ovqat hazm qilinishi buzilishidan bo’lgan ichketishda, ichak og’riqlari va dizenteriyada, buyrak va qovuqlardagi og’riqlar, bachadon og’riqlari va qon ketishida foydalidir.



Sedana. O’tkir balg’am ko’chiruvchi, tozalovchi, yel va damni shimdiruvchi xususiyatlarga egadir. Kimyoviy bod chiqaruvchi dorilar allergic reaksiyalar va toshmalar keltirib chiqaradi. Sedana esa bundan mustasno.

Osilib turuvchi so’gal, xollarni, dog’ni va ayniqsa, pesni ketkazadi. Tumovni davolaydi. Balg’amdan kelib chiqqan isitmani yo’qotadi. Sedana gijjani yo’qotadi. . Bir talay gijja tushiruvchi vositalar inson jigariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.(GELMINTOKS ) Ular me’da-ichak yo’llari tomonidan ko’ngil aynishi, qusish, qorinda og’riq, diareya va ishtaha yo’qolishi(ko’pincha bu simptomlar gijjaning nobut bo’lishi bilan bog’liq) kuzatiladi. Allergik reaksiyalar beradi. Bosh og’rig’i, aylanishi, charchoqlik hissi, uyquchanlik, ya’ni uyqusirash , eshitishning buzilishi, galutsunatsiya, ong hiralashishi, gipertermiya, paresteziya.



Achchiqtosh. Burishtiruvchi, yara yuzasiga qobiq hosil qiluvchi. Achchiqtosh tish milkidagi shishlarga juda ajoyib foyda qiladi. Og’iz bo’shlig’idagi stomatitlarga davodir. Jarohatlarda qon to’xtatishda ajoyib vosita. Achchiqtosh eritmasi bachadon va bachadon yo’li eroziyalariga juda yaxshi samara hisoblanadi. Qo’ltiq va oyoqlardagi hidlarni yaxshi bartaraf etadi. Buning uchun achchiqtoshli vannaga oyoq tiqib o’tiriladi. Shu bilan birga oyoq tirnoqlaridagi zamburug’larni yo’qotadi.



Foydalingan adabiyotlar. Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” Toshkent. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1-jild

Shukur Irgashev “Tabiatning o’zi tabib”—Toshkent, Abu Ali ibn Sino, 2003
Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling