2. Tadqiqotlarning ijtimoiy uslublari xodimlarni tanlash, baholash, joy-joyiga qo‘yish va o‘qitish uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlashda, asoslangan qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.
3. SHaxsiy sifatlar — ijtimoiy shaxsning tarkibiy qismi bo‘lib, xodimning mehnat jamoasida barqaror namoyon bo‘ladigan xususiyatlarini ko‘rsatadi.
4. Axloq — insonning jamiyatda ma’naviyatga, axloqiy me’yorlarga amal qilgan holda o‘zini tutishidir.
5. SHerikchilik — har qanday ijtimoiy guruhlarning eng muhim xususiyati bo‘lib, insonlarning o‘zaro munosabatlarini belgilaydi.
6. Musobaqalashish — ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, insonlarning muvaffaqiyatga erishishga, g‘olib-likka, o‘zini namoyon etishga intilishini ko‘rsatadi.
7. Muloqot — insonlarning axborot ayirboshlash asosidagi O‘zaro munosabatlaridir.
8. Muzokaralar — turli maqsad va vazifalarga ega ikki va , UNsan ko‘proq tarafning o‘z manfaatlarini hal etish uchun muloqotga
Kirishishidir.
9. Nizolar (konfliktlar) — bir-biriga manfaatlari zid kelgan tomonlarning to‘qnashishi oqibatida ro‘y beradi.
Korxonadagi iqtisodiy ahvolning beqarorligi, moliyaviy muammolar, ish haqining vaqtida to‘lanmasligi, uzoq muddat bo‘sh turib qolish jamoada ijtimoiy-psixologik muhitni yaxshilashga xizmat qilmaydi, albatta. CHunki, rahbar bunday sharoitda aksariyat vaqtini xodimlar bilan muloqotda bo‘lish, boshqaruv funksiyalarini bajarishga emas, balki bevosita ishlab chiqarish, marketing, moliya masalalari, ya’ni boshqa funksiyalarni bajarishga majbur bo‘ladi. SHunday ekan, xodimlarga ijtimoiy-psixologik uslublar ta’sirini bilish va prognoz qilish juda muhimdir.
Kuyidagi jadvalda korxonada ijtimoiy-psixologik qo‘llaniladigan uslublar bilan tanishish mumkin.
Mazkur ijtimoiy-psixologik uslublarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Dekompozitsiya — murakkab masalalarni bo‘laklarga bo‘lib, soddalashtirgan holda taxdil etish uslubidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |