4. Menejmentning nazariy asoslari
Boshqaruv funktsiyalari to’g’risida tushuncha
Download 402.03 Kb. Pdf ko'rish
|
4 mavzu maruza (2)
5. Boshqaruv funktsiyalari to’g’risida tushuncha.
Ishlab chiqarish korxonalarining samaradorligi ulardagi boshqaruv faoliyatiga, boshqaruv faoliyatining funktsiyalaridan foydalanish darajasiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Boshqaruv faoliyati samarali tarzda amalga oshirilishi uchun uning har bir funktsiyasi oqilona tarzda amalga oshirilishi kerak. Ishlab chiqarish korxonalarida boshqaruvning quyidagi funktsiyalari harakatda bo’ladi (3-rasm): 1. Rejalashtirish 2. Tashkil etish. 3. Nazorat qilish. 4. Tahlil qilish. 5. Rag’batlantirish. Boshqaruv funktsiyalari ichida rejalashtirish funktsiyasi muhim o’rinni egallaydi. Rejalashtirish har qanday korxonaning muhim funktsiyalaridan biridir. Unga yetarli e’tibor bermaslik katta iqtisodiy yo’qotishlarga va oqibat natijada bankrotga olib keladi. Rejalashtirishning taktik va strategik rejalashtirish turlari mavjud. Taktik rejalashtirish nisbatan qisqaroq bo’lgan muddatlardagi boshqaruv faoliyatini aks ettirsa, strategik rejalashtirish uzoq muddatga mo’njallangan rejalashtirishni nazarda tutadi. Boshqaruv faoliyatini olib borish uning funktsiyalarini amalga oshirilishini taqozo etadi. Boshqaruv faoliyatini amalga oshirilishida uning rejalashtirish funktsiyasining ahamiyati nihoyatda kattadir. Rejalashtirish boshqaruv faoliyati davomida amalga oshiriladigan ishlarning boshlanish nuqtasidir. Rejalashtirish asosida boshqaruv faoliyati belgilanadi. Nima qilish kerakligi, qanday maqsad bo’yicha ish olib borish lozimligi aniqlanadi va bajariladigan ishlar, tadbirlar me’yorlar va imkoniyatlar bilan bog’lanadi. Boshqaruvning rejalashtirish funktsiyasi davomida boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish muddatlari belgilanadi, vazifalarni amalga oshirish usullari ishlab chiqiladi, tashkilotlarning bo’limlari o’rtasidagi o’zaro aloqalar o’rnatiladi, bir-biriga muvofiq harakat belgilab olinadi. Tashkil etish – bu texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va shu kabi boshqarish tizimlarini tashkil etishni bildiradi. Uning vazifasi, avvalo, eng maqbul tashkiliy tuzilma qurish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, boshqarish tizimlari orasidagi munosabatlarni uyushtirishdir. Rag’batlantirish – ishlovchilarni keng demokratik asosida faollashtirish, ularni ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun samarali mehnat qilishga undash va jalb qilish maqsadlariga ega. Buning uchun ishlovchilarni turli xil moddiy va ma’naviy rag’batlantirishlar joriy etiladi, ijodiy potentsialni namoyon etish va ishlovchilarning saviyasini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratiladi. Nazorat funktsiyasining vazifasi ish natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan baholash va hisobga olishdir. Uning asosiy dastaklari – kuzatish, firma hamma sohalarini tekshirish, hisob va tahlil. Nazorat teskari aloqa elementi sifatida namoyon bo’ladi. Nazorat ma’lumotlari asosida qabul qilingan qarorlarga, rejalarga, norma va normativlarga tuzatishlar kiritiladi. Download 402.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling