4. Menejmentning nazariy asoslari


Download 402.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana17.06.2023
Hajmi402.03 Kb.
#1521603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 mavzu maruza (2)

 
4. Davlat boshqaruvi. 
Boshqaruv faoliyati nazariyalarini tahlil qilishda davlat boshqaruvini o’rganishga alohida 
ahamiyat qaratilishi lozim. Mamlakatimizda davlat boshqaruvini tashkil etilishini o’rganishga 
kirishamiz.
O’zbekiston - mustaqil, demokratik respublika. Unda demokratiya umuminsoniy 
tamoyillarga asoslanadi, bu tamoyillarga asosan eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, erkinligi, 
or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa ajralmas xuquqlaridir. Demokratik xuquq va erkinlik 
Konstitutsiya va qonunlar tomonidan ximoya qilinadi. Rsepublika o’z milliy - davlat va 
ma’muriy-xududiy tuzilishini mustaqil ravishda belgilaydi, o’z ichki va tashqi siyosatini amalga 
oshiradi. Jamiyat hayotining eng muhim masalalari umumxalq muhokamasiga havola qilinadi, 


umumiy ovoz berish (referendum) natijasida hal etiladi. Respublika davlat jamiyati tizimi 
xokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatlariga bo’linish tamoyillariga 
asoslanadi. 
Mamlakatimizda oliy davlat vakillik tashkiloti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
hisoblanadi. Oliy Majlis qonun chiqaruvchi xokimiyatdir. U xududiy saylov okruglardan 
saylanadi. Oliy Majlisga saylanish xuquqiga saylov kunigacha 25 yoshga to’lgan O’zbekiston 
Respublikasi fuqarolari ega bo’ladilar. 
Oliy Majlis O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qiladi, shuningdek unga 
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritadi, O’zbekiston Respublikasi qonunlarini qabul qiladi; qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatlari tashkilotlari tizimi va vakolatlarini belgilaydi; 
bojxona, valyuta va kredit faoliyatini, davlat bankini boshqarishni qonuniy jixatdan tartibga 
soladi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi xududiy ma’muriy tuzilishi, chegaralarining 
o’zgarishi masalalari bilan shug’ullanadi. 
Vazirlar Mahkamasi tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil topadi 
va respublika Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga 
Qoraqalpog’iston Respublikasi xukumati rahbari ham kiradi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot, 
ijtimoiy va ma’naviy sohalar samarali amal qilishida, Oliy Majlis qonunlari va boshqa qarorlari 
bajarilishiga, O’zbekiston Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlarini amalga oshirishga 
rahbarlik qiladi. 
Vazirlar Mahkamasi mavjud qonunchilikka muvofiq ravishda farmoyish va qarorlar 
chiqaradi; bu qarorlar O’zbekiston Respublikasining butun xududida, barcha tashkilot va 
muassasalar, amaldor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi shart. Vazirlar Mahkamasi 
yangi saylangan Oliy Majlisga o’z vakolatlarini topshiradi 

Download 402.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling