4-Moul 19-Mavzu: Xromosomalarning genetik va sitologik xaritasini taqqoslash


Xromosomalarning genetik xaritasiga quyidagi ma’lumotlar qo‘yiladi


Download 1.19 Mb.
bet5/7
Sana09.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1467404
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-Moul 19-Mavzu Xromosomalarning genetik va sitologik xaritasin

Xromosomalarning genetik xaritasiga quyidagi ma’lumotlar qo‘yiladi:

Genetik xaritada shu ko‘rsatkich ham yoziladi. Genning qaysi xromosoma birikish guruhiga tegishli ekanligi aniqlangandan so‘ng keyingi bosqichga - genning birikish guruhidagi o‘rnini (lokusini) aniqlashga kirishiladi. Genning joylashish o‘rnini aniqlash krossingover natijalarini hisobga olish orqali amalga oshiriladi. Xromosomada uchta lokusni nishonlash genlaming xromosomada joylashish tartiblari va ular orasidagi masofani aniqlashga yordam beradi. Drozofila tanasining sariq rangdaligini belgilaydigan у geni bilan ko‘zning oq rangini ta’min etuvchi w geni orasidagi krossingover ko‘rsatgichi 1,2% ga teng boigan, w geni bilan qanotning ayrisimon bolishini belgilovchi b geni orasidagi krossingover 3,5% ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar hali у genning w geniga nisbatan chap yoki o‘ng tomonda joylashganligini - xuddi shunday w genining bi geniga nisbatan qanday joylashganligini bildirmaydi. Faqat uchinchi juft - у va bi genlari orasidagi krossingover foizi (mazkur holatda 4,7%) aniqlangandan so‘ng, w geni albatta у va bi genlari orasida joylashgan boʼlishi kerak degan xulosaga kelinadi. Binobarin, gen birikish guruhida ma’lum bir joyni egallar ekan, bu har bir xromosomada genlaming tartibli joylashish va xromosomalarning genetik xaritasini tuzish imkonini beradi. Drozofila va makkajo‘xori xromosomalarining genetik xaritasi ko‘pgina tadqiqotchilarning juda katta sistemali mehnatlarining mevasi hisoblanadi. Genetik xaritalarning tuzilishi xaritalarga tushirilgan genlar tomonidan boshqariladigan belgilar irsiylanishining xarakterini ochishga, seleksion ishlarda chatishtirish' uchun ota-ona juftlarini tanlashning osonlashishiga yordam beradi. Xromosomalaming genetik xaritalarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, drozofila hamda makkajо‘xonning birikish guruh larida 52 yoki 107 morganidli gen lokuslari qanday aniqlanadi degan savol tug‘iladi. Chunki digeterozigotali organizmlarda krossingoverli gametalaming miqdori 50 foizga tenglashishi ham mumkin ernas, u holda ota-ona va genlarning yangi tipdagi birikmasiga ega gametalaming nisbati mustaqil irsiylanishdagidek holatga kelib qolgan bo‘lar edi, Binobarin, bitta xromosoma doirasiga eng chekka nuqtalar orasidagi masofa 50 foizdan oshmasligi kerak bo‘ladi.
Nomuvofiqday bo‘lib ko‘ringan bu holat genlarning xromosoma uzunligi bo‘yicha ketma-ket olingan qismlarida ro‘y bergan krossingoverlami hisobga olish orqali aniqlamshi bu bilan tushuntiriladi, genetik xaritalarga esa xromosomaning barcha qismlariga tegishli bo‘lgan krossingover kattaligining yig‘indisi haqidagi foiz kiritiladi. Shu sababli genetik xaritaning umumiy uzunligi tajribada olingan xromosomaning qarama-qarshi uchlarida joylashgan genlar orasida ro‘y bergan krossingover qiymatidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling