4. O‘zbekiston Markaziy banki


Download 420.39 Kb.
bet2/5
Sana28.02.2023
Hajmi420.39 Kb.
#1236315
1   2   3   4   5
Bog'liq
Markaziy bank va uning funksiyalari

Banknotalarni emissiya qilish - Markaziy bankning eng asosiy va dastlabki funksiyalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, muomaladagi pul massasi hajmini oshirish yoki kamaytirish aynan Markaziy bankning banknotlarni emissiya qilish funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, uning hajmi iqtisodiyotdagi pul massasining hajmi bilan belgilanadi.
Markaziy bankning pul-kredit munosabatlarini tartibga solish funksiyasining asosiy maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ushbu funksiya qator pul-kredit instrumentlari orqali amalga oshiriladi.
Ushbu instrumentlar sifatida:
1) tijorat banklariga nisbatan o‘rnatilgan majburiy zaxira siyosati;
2) tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi);
3) ochiq bozordagi siyosati;
4) valyuta va depozit siyosatlarini keltirish maqsadga muvofiq.
Markaziy bank banklarning banki sifatida mamlakatdagi barcha kredit muassasalariga litsenziya beradi va ularni qaytarib oladi, shuningdek, tegishli iqtisodiy me’yorlar asosida kredit muassasalari faoliyatini tartibga solib, ularning ustidan tegishli nazoratni amalga oshiradi.
Markaziy bank hukumatning banki funksiyasini bajarishda asosiy e’tibor hukumatning oltin va valyuta zaxiralarini saqlash va ularni tasarruf qilish, shuningdek, davlat byudjeti taqchilligini qoplash maqsadida tegishli moliyaviy yordamni (kredit) berishga qaratiladi.

Tartibga solish funksiyasi - pul muomalasini tartibga solishdir. Bunga naqd va naqdsiz pul emissiyasini kamaytirish yoki ko‘paytirish va diskont siyosati, minimal zaxiralar siyosati, ochiq bozor, valyuta siyosati orqali erishiladi.

Tartibga solish funksiyasi nazorat funksiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, minimal zaxira siyosatini o‘tkazishda, markaziy bank muayyan bankning holati haqida keng ma'lumot oladi.


Nazorat funksiyasiga bankning bank tizimi tarkibining sifat talablariga muvofiqligini aniqlash kiradi, ya'ni kredit muassasalarini milliy bank bozoriga qabul qilish tartibi. Bundan tashqari, bunga kredit muassasalari uchun zarur iqtisodiy koeffitsientlar va me'yorlar ishlab chiqish hamda ularga amal qilishni nazorat qilish kiradi.

Download 420.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling