4. O‘zbekiston Markaziy banki


O‘zbekiston Markaziy banki


Download 420.39 Kb.
bet4/5
Sana28.02.2023
Hajmi420.39 Kb.
#1236315
1   2   3   4   5
Bog'liq
Markaziy bank va uning funksiyalari

O‘zbekiston Markaziy banki


O‘zbekiston Markaziy bankining dastlabki nomi O‘zbekiston SSR Davlat banki bo‘lgan va O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun asosida faoliyat ko‘rsatgan.
So‘ngra 1991 yil 30 sentyabrda Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritilgach, O‘zbekiston SSR Davlat banki O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki deb, 1992 yil 2 iyulda esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki deb nomlangan.
O‘zbekiston Markaziy bankining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini belgilovchi hujjatlari bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi (XXV bob, 124-modda), «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun va boshqa rasmiy qonun hujjatlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Markaziy bankning 14 ta hududiy bosh boshqarmalari, shu jumladan o‘n ikkita hududiy bosh boshqarmalar, Markaziy bankning Toshkent shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha asosiy territorial boshqarmasi;

  • 10 ta tasarrufdagi tashkilotlar.


1. O'zbekiston Respubikasi Markaziy bankining “Respublika Inkassatsiya xizmati” DUK


Respublika Inkassatsiya xizmati tomonidan amalga oshiradigan bank operatsiyalari:

  • mulkchilik shaklidan qat’iy nazar aholi bilan naqd pulda hisob-kitob qiluvchi va kunlik pul tushumga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul tushumini inkassatsiya qilish;

  • Markaziy bankning yoki uning hududiy Bosh boshqarmalarining farmoyishlari asosida naqd pul mablag‘larini va boshqa qimmatlklarni banklararo tashish.

Respublika Inkassatsiya xizmati quyidagi:

  • davlat, aksiyadorlik, qo‘shma, xorijiy va boshqa korxonalarga, tashkilot va muassasalarga va jismoniy shaxslarga qimmatliklarni tashish;

  • banklardan oylik ish haqini olgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy javobgar shaxslarini xavfsizligini ta’minlagan holda ularning manzillariga kuzatib borish xizmatlarini ko‘rsatadi.

Download 420.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling