Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Qovun sayli” matnini “Shivirlab o‘qish” usulida o‘qiydilar va hikoya qilib beradilar.
Savol-javob o‘tkaziladi:
Bolalar polizga nima uchun borishdi?
Ular polizda qanday qovunlarni ko‘rishdi?
Qovun polizida qanday voqealar yuz berdi?
“Pinbord” usulida matn yaratish.
O‘quvchilar 2 guruhga bo‘linadi. Reja asosida “Pinvord” usulida “Qovun sayli” matni yaratadi. Shu tariqa matn kengaytirilib boriladi.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi:
Fasllarga bog‘liq yana qanday an’analarni bilasiz?
O‘zingiz shunday an’analarda ishtirok et- ganmisiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa. “Qovun sayli” hikoyasining 1-qismini o‘qish .
Mavzu: “Qovun sayli” (Shukur Sa’dulla). 2-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni hikoyaning mazmuni bilan tanishtirish, to‘g‘ri, ongli o‘qish, o‘qiganini so‘zlab berish, so‘z ma’nolarini farq- lash, hikoyaning asosiy g‘oyasini aniqlashni o‘rgatish.
TK 3: mavzuni o‘qib-o‘rganib borish orqali bilimini oshirib borish.
FK 1: matnlarni tinglab, mazmunini tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda milliy bayramlarimizga nisbatan hurmat, vatanimizda yetishtiriladigan noz-ne’matlarga nisbatan shukronalik, dehqon va bog‘bonlarga nisbatan mehr, mehnatsevarlik kabi tuyg‘ularni tarbiyalash.
TK 5: hikoyada aks etgan insonparvarlik g‘oyalarini anglash.
Do'stlaringiz bilan baham: |