Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ifodali o‘qish, asar mazmunini shaxsini o‘zgartirib hikoyalash, qovun turlarini ajrata olish malakalari- ni, og‘zaki nutqini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Kim tez topadi?”, “Tanlab so‘zla”, “Egasini top” mashqlari.
Dars jihozlari: qovun turlari tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. “Tanlab so‘zla” mashqi. O‘quvchilar “Qovun sayli” hikoya- sining 1-qismini “Tanlab so‘zla” mashqi yordamida so‘z- laydilar. Bunda o‘quvchilar juftliklarda bir-birlariga navbat
bilan hikoyaning o‘zlari xohlagan qismini so‘zlab beradilar. Shundan so‘ng o‘qituvchi ulardan juftiga qo‘ygan bahoni so‘raydi. Ular qo‘ygan baholarini qisqacha izohi bilan aytadilar.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi.
Bolaning tog‘asi har safar qayerga taklif qilardi?
Qovun poliziga kimlar borishdi?
Chaylada nimalar dumalab yotardi?
Ertalab choy ichgach, tog‘asi bolalarga qanday topshiriq berdi?
Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Qovun sayli” hikoyasining 2-qismi bilan tanishamiz. O‘qituvchi “Qovun sayli” hikoyasining 2-qismini ifodali o‘qib beradi.
Bolajonlar, men hozir hikoyani o‘qiyman, siz esa diqqat bilan eshiting va tushunarsiz so‘zlarni qalam bilan belgilab qo‘ying.
Hikoyani o‘qib bo‘lgach, o‘qituvchi tushunarsiz so‘zlarga izoh beradi.
Lug‘at ishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |