4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 3.78 Mb.
bet43/254
Sana18.06.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1580208
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   254
Bog'liq
4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunik

TK 3: mavzuga oid kitoblarni o‘qib-o‘rganib borish.
FK 1: matnni tinglab tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda ezgu fazilatlarga ega bo‘lish, o‘zgalarga yaxshilik qilishga intilish, o‘zidan yaxshi nom qoldirish, vaqtdan unum- li foydalanish hislarini tarbiyalash.
TK 5: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqlarini, mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, savollarga matndan javob topish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, savol-javob, “Kim topag‘on” ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Salomlashish odobi” matni o‘qitiladi, mazmuni zanjir usulida qay- ta hikoya qildiriladi.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi.

  • Qaysi holatlarda salomlashsangiz odobsizlikka kiradi?

  • Salomlashish odobi deganda nimani tushunasiz? O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
  1. Yangi mavzu bayoni.


– Bugun biz sizlar bilan Yusuf Xos Hojibning “Odamdan nima qoladi?” dostonidan bir parcha bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan yaxshilik va yomonlik orasidagi farq haqida suh- batlashiladi, javoblari tinglanib, to‘ldiriladi.
“Odamdan nima qoladi?” matni asosida lavha namoyish qilina- di. Kadr ortidan “Odamdan nima qoladi?” matni o‘qiladi. Matn mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling