Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Omonatga xiyonat” ertagi bilan tanishamiz. Xalq og‘zaki ijodi, ertak haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Matn mazmuniga mos animatsiya namoyish qilinadi va kadr ortidan matn o‘qiladi.
Matn mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket matnni o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.
Bolajonlar, qanday notanish so‘zlarga duch keldingiz?
Lug‘at ishi:
qozi – kishilar orasidagi kelishmovchiliklarni hal qiluvchi adolatli kishi
omonat – o‘zga kishining narsasi
xiyonat – ishonib topshirilgan narsani o‘g‘irlash, yashirish, egasini aldash
muhrlangan – tamg‘alangan, og‘zi berkitilgan
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Chaqimchiga “mukofot” ertagini o‘quvchilar
“Ichda o‘qish” usulida o‘qiydilar va qayta hikoya qilib beradilar.
Darslikdagi savollar ustida ishlanadi.
Test topshiriqlari:
Omonat egasi xalta ichiga nima solgan edi?
A) tanga B) oltin D) bug‘doy E) kitob
Omonat egasi va xiyonatchi kimning oldiga borishdi?
A) otasining B) do‘stining D) qozining E) bobosining
Omonat egasi safardan necha yilda qaytib keldi?
A) 1 yilda B) 10 yilda D) 3 yilda E) 5 yilda
Qozi qanday qilib omonatga xiyonat qilinganligini aniqladi?
A) xiyonatchining gapini tinglab B) muhrga qarab
D) tangani chiqarilgan yiliga qarab E) qozining gapini tinglab
Xiyonatchiga qanday jazo berildi?
A) dorga osildi B) eshakka teskari mindirib shahar aylantirildi
D) shahardan chiqarib yuborildi E) yer haydatdi
Do'stlaringiz bilan baham: |