FK 2: o‘rganilgan she’rning nomi, mazmunini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Qofiyadoshini top”, “Zanjir” o‘yinlari.
Dars jihozlari: ko‘rgazmalar, tarqatma materiallar, multimedia ilova-
lari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Eng ulug‘ fazilat” ertagi o‘qitiladi, mazmuni 3-4 nafar o‘quvchiga
hikoya qildiriladi. Ertak yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Eng ulug‘ fazilat nima ekan?
Qaysi o‘g‘il javobi otaga ma’qul keldi?
O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz Munavvar qori Abdurashidxonovning “Har kim ekka- nin o‘rar” ertagi bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan ota va bola orasidagi hurmat, e’zoz haqida suh- batlashiladi, savol-javob o‘tkaziladi.
Ota va bola orasida qanday umumiylik bor?
Siz ota-onangizga qanday munosabatda bo‘lasiz?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Ertak audio orqali o‘qib eshittiriladi. Ertak mazmuni tushun- tiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
qartaymish – qarigan
chog‘imda – paytimda
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsa- dida “Har kim ekkanin o‘rar” she’ri o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
lamoqchi bo‘lishdi?
Chol farzandiga o‘z qilmishi to‘g‘risida nimalar dedi? O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi. “Qofiyadoshini top” mashqi. O‘quvchilar “Har kim ekkanin
o‘rar” she’riy ertagidagi qofiyadosh so‘zlarni topib, aytadilar. Eng ko‘p qofiyadosh so‘z topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |