FK 1: matnni tinglab tushunib olish, mavzuga mos maqol topa olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga mehribonlik, saxiylik, hotamtoylik kabi go‘zal insoniy fazilatlarni singdirish.
TK 5: yaxshi fazilatlarga rioya qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning asar asosida bahs-munoza-
ra qilish, ertak mazmunini qayta hikoyalash, matndagi so‘zlarning ma’nosini izohlay olish malakasini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan ertak mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob berish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: bahs-munozara, suhbat, tushuntirish, “Venn dia- grammasi”, “Tosh-u tarozi”, “Topib o‘qi” mashqlari.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Ikki saxiy” ertagining 1-qismini “Zanjir” usulida o‘qiydilar.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar ertak mazmunini bitta xatboshidan hikoya qilib beradilar.
Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz sizlar bilan “Ikki saxiy”ertagining 2-qismi bilan tanishamiz.
“Ikki saxiy” ertagining mazmuni lavha orqali namoyish qili- nadi, kadr ortidan matn ifodali o‘qib beriladi.
Ertakda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
hojatmand – ehtiyoji, talabi bor odam
ajrim qilish – kelishmovchilikni, nizoli holatni bir yoqlik qilmoq tama qilmoq – birovdan biror narsa kutmoq, birovdan o‘lja olishga intilmoq
O‘quvchilarga savollar beriladi:
Qaysi saxiy hojatmandni hech nima demay kuzatarkan?
Ikkinchi saxiy hojatmandlarga nima der ekan?
Birinchi saxiyning tamagirlik haqida fikri qanday?
Nuroniy chol, ikkinchi saxiy hojatmandlardan bir umr qarzdor bo‘lib qolayotir, deganda nimani nazarda tutgan?
“Tosh-u tarozi” mashqi. O‘qituvchi ikkinchi saxiyning tosh-u tarozisini amaliy tarzda yoki rasmlar yordamida ko‘rsatadi. O‘quvchilar hojatmand va saxiy qiyofasida oldi-berdi qilishadi. Saxiy- ning ulashgan narsasi, olgan savobi, so‘rab olgan duolarini taqqoslaydi-
lar. O‘quvchilarning fikri so‘raladi, bahs-munozara o‘tkaziladi.
O‘quvchilar fikri umumlashtiriladi va xulosa qilinadi.
“Venn diagrammasi” metodi. O‘quvchilar ikki saxiyning shaxsiy xususiyatlari va o‘xshash tomonlarini “Venn diagram- masi”ga yozishlari lozim bo‘ladi.
Mashq natijalari tekshiriladi, xulosa qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |