Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Sizda nima ko‘proq taassurot qoldirdi?
Siz uchun nima yangilik bo‘ldi?
O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Danak ichidagi daraxt” hikoyasini o‘qish.
Mavzu: “Bahor” (Dilshod Rajab)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Bahor” she’ri bilan tanishtirish. O‘quvchi- larning ravon o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish, og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
FK 1: she’rni ongli va ifodali o ‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatni sevish, asrab-avaylashga o‘rgatish va tabiatga bo‘lgan mehrini uyg‘otish.
TK 3: tevarak atrofga oqilona munosabatda bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, lug‘at ustida ishlash, erkin va mustaqil fikrlash malakalarini rivojlan- tirish.
TK 2: mavjud axborot manbalaridan (kitob, kompyuter) foydalana olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “She’rni to‘ldir”, “Topqirlar” o‘yini.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi: Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga topshiriq qilib berilgan “Danak ichidagi daraxt” hikoyasi “Davom ettir” usulida hikoya qildiriladi. Savol-javob o‘rkaziladi.
Ra’noning hovlisida qaysi daraxt asaldan ham totli ekan?
Ra’no o‘rik pishganda nima qilar ekan?
Ra’no oyisi bilan birgalashib turshak solayotganda turshak ora- sidan nima yerga tushibdi?
U nimani o‘ynabdi?
Ra’no danakning ichidagi daraxt bilan nima haqida gaplashdi?
Danak ichidagi daraxt qanday qilib ko‘karib chiqdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |