4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet105/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

FK 2: xalq og‘zaki ijodi namunalaridan topishmoqlarni bir-biridan farqlay olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Kim topog‘on”, “So‘zlovchi quti- cha” o‘yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar bilgan maqollarini “Davom ettir” usuli orqali yoddan aytib beradilar.

  • Maqol deb nimaga aytiladi?

  • Mehnatsevarlik haqida maqollarni bilasizmi?

  • Maqollar inson hayotida qanday ahamiyatga ega?

So‘zlovchi quticha” o‘yini. O‘quvchilar uchun quticha ichiga maqollar yozilgan tarqatmalar solingan bo‘ladi. Quticha ichi- dan shu maqollardan birini olib, qaysi mavzuga oid ekanligini
aytadilar va uning mazmunini tushuntirib beradilar. Masalan: Do‘stsiz boshim–tuzsiz oshim. (Do‘stlik haqida.)
  1. Yangi mavzuni tushuntirish.


– Ekrandagi topishmoqlarni to‘g‘ri topsangiz, bugungi mav- zuga oid so‘z kelib chiqadi.

“Topgan topaloq” o‘yini.


  1. Qorday oppoq,

Yungday yumshoq. (Paxta)

  1. Ikki otim bor,

Bir-biridan chopog‘on. (Oyoq)

  1. Yer tagida qubba igna. (Tipratikan)

  2. Atlas ko‘ylak qanoti,

Xush xabarchi odati. (Zag‘izg‘on)

  1. Emaklagan toshni ko‘rdim,

Toshdan chiqqan boshni ko‘rdim. (Toshbaqa)

  1. Pishirsa osh bo‘lur,

Pishirmasa qush bo‘lur. (Tuxum)

  1. Ismi bor,

Jismi yo‘q. (Shamol)

  1. G‘uv-g‘uv etar,

Qorni to‘ysa yumalab ketar. (Urchuq)

  1. O‘zi qizil, go‘zal biram, Qirga yozar qizil gilam. (Lola)

  2. Og‘zi yo‘g‘-u, tishi bor, Duradgorda ishi bor. (Arra)

  3. Gulsiz bo‘lar mevasi,

Shirin-shirin donasi. (Anjir)

  • Bugun biz sizlar bilan “Topishmoq” janri bilan tanishamiz. (Topishmoqlar haqida o‘qituvchi tomonidan qisqacha ma’lumot be-

riladi.)

  • Topishmoq matnida narsa yoki hodisalarning belgisi, shakli, harakati, holati, vazifasi va boshqa tomonlari berilgan bo‘ladi. Topish- moqlar qadimda “jumboq”, “top-top” deb yuritilgan. Har bir topishmoq uni yaratgan xalqning hayoti, urf-odati, o‘ziga xos rasm-rusmlari bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ekranda video orqali topishmoqlar aytiladi, javoblari topiladi. O‘quvchilar darslikdagi topishmoqlarni o‘qiydilar va javobini topadilar. Topishmoqlarda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan
lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling