Yangi mavzu bayoni.
– Bolalar, bugun biz “Qish to‘zg‘itar momiq par” she’ri bilan tani- shamiz.
O‘qituvchi she’rning muallifi Qudrat
Hikmat haqida qisqacha
ma’lumot beriladi.
Qish fasli haqida videolavha namoyish qilinadi.
O‘qituvchi “Qish to‘zg‘itar momiq par” she’rini ifodali o‘qib beradi.
Bu she’r sizga yoqdimi? Nima uchun?
U sizda qanday his-tuyg‘ularni uyg‘otdi?
Shoir she’rni qanday kayfiyatda yozgan?
O‘quvchilar she’rni
ovoz chiqarmay, mustaqil o‘qiydilar.
qo‘ying.
She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
namat – yungdan
bosib ishlangan palos
mo‘rkon – oshxona, o‘choq va shu kabilarning tutun chiqib ketadi- gan yo‘li
surunkasi – muttasil
ravishda,
uzluksiz, beto‘xtov
nazdimda – nazarimda,
xayolimda
“Namat” so‘ziga ma’nodosh so‘z toping. (palos, sholcha, gilam)
“Surunkasi” so‘ziga qarama-qarshi ma’noli so‘z ayting. (gohida, onda-sonda, bir-bir)
Shu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. She’r mazmuni tahlil qilinadi.
Bu she’r nima haqida ekan?
Shoir she’rda tabiat manzarasini ifodalash uchun qanday so‘z va iboralarni qo‘llagan? Misollar keltiring.