4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet116/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini,
qayta hikoyalash asosida bog‘lanishli nutqini o‘stirish.
FK 2: matnni tushunib, mazmunini og‘zaki bayon etib bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Blis so‘rov”, “Kim ko‘p topishmoq biladi?”, “Ma’nosini izohlang” o‘yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Kumush qish” bo‘limi yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

“Blis so‘rov” o‘yini.


    1. Biz qaysi bo‘limni tugatdik?

    2. Unda qaysi asarlarni o‘rgandik?

    3. Asarlarni muallifi bilan sanab bering.

    4. Qishda tabiatda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

    5. Jonivorlarning qishdagi hayoti haqida nimalarni bilasiz?

    6. Bo‘limdagi qaysi she’r va hikoyada qish manzarasi jonlantirib tasvirlangan?

    7. Qish tabiati tasvirida qanday so‘z va iboralardan foydalanilgan?

“Kim ko‘p topishmoq biladi?” o‘yini.


Oppoqqina dasturxon,
Yer yuzini qoplagan. (Qor)
Oq tovuq,
Katagi sovuq. (Qor)
Ariqdan oyna oldim.
(Muz)
Oq sigir turib ketdi,
Qora sigir yotib qoldi. (Qor, yer)
Qo‘lsiz, oyoqsiz gul soladi.
(Sovuq, deraza qirovi)
Bostirdim ikki tovuq,
Biri issiq, biri sovuq. (Qish, yoz)
  1. Yangi mavzu bayoni.


    • Bugun biz sizlar bilan “Kitobga ixlos” qissasining 1-qismi bilan tanishamiz. Muallif Mirkarim Osim haqida o‘qituvchi tomonidan qisqa- cha ma’lumot beriladi.

“Kitobga ixlos” matni mazmuniga mos suratlar namoyish etilib, matn o‘qiladi. Qissa mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilardan biri qis- sani ifodali o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.

    • Bolajonlar, qanday notanish so‘zlarga duch keldingiz?

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling