Lug‘at ishi:
Qorabug‘raxon – Shimoliy Turkiston xoni yarog‘– qurol
suron – shovqin, to‘polon sayl – biror joyni tomosha qilish
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Kitobga ixlos” qissasini o‘quvchilar “Aks sado” mashqi usulida o‘qiydilar. O‘quvchilar matnda sifat so‘z turkumiga oid so‘z uchrasa, shu so‘zni takrorlab aytishadi.
Darslikdagi savol-javob va topishiriqlar ustida ishlanadi.
Asar orqali Ibn Sino haqida nimalarni bilib oldingiz?
Ibn Sino qanday davrda yashagan ekan?
Yosh hakimning yuragi nimani sezdi?
O‘quvchilar matn rejasini tuzib, reja asosida matn mazmunini qayta hikoya qiladi.
“Ma’nosini izohlang” o‘yini.
Olovning qip-qizil tillari – ………(gurullab yonayotgan olovning yuqoriga buralib – buralib ko‘tarilishi)
Olovning tillari osmonni yalar (baland ko‘tarilar)
O‘zini o‘tga urmoqchi (olovning ichiga kirmoqchi)
O‘quvchilarga yordam berish maqsadida shu so‘zlarni o‘z ma’nosida qo‘llab, taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin:
Olovning tili – odamning tili
Odam tili bilan yalaydi – olov tili bilan osmonni yalaydi O‘tga urmoqchi – stolni urdi
Qaysi birikmada til, yalaydi, uradi so‘zlari o‘zining ma’nosida qo‘llangan? Qaysi birikmada ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Tarixda yashagan buyuk olimlar, sarkardalar, shoir-yozuvchilar- dan yana kimlarni bilasiz?
Buxoroda qanday tarixiy binolar, joylar bor?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Kitobga ixlos” qissasining 1-qismini hikoyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |