JIZZAX VILOYATI
XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Paxtakor tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
4-umumiy o’rta ta’lim maktab psixologlari
N.Yuldasheva va H.Saypillayevalarning
Sentabr-oktabr oyi uchun tayyorlagan
2020-2021-o’quv yili
Paxtakor tumani XTBga qarashli 4 – umumiy o`rta ta'lim maktabi 2020 -2021 o`quv yili
15-oktabrda 2-sinf o’quvchilar uchun o`tkazilgan “Zina” nomli metodikaga bag`ishlanagan yig`ilish
Bayonnomasi
15.10.2020 y.
Qatnashdilar :
M.Murodova - maktab direktor, rais
N.Yuldasheva va H.Saypillayeva – amaliyotchi psixolog
Maktab o`quvchilari jami 80 nafar
Maktab o`qituvchilari to`liq tarkibda
Kun tartibidagi masala:
1. 2-sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan o’ziga bo’lgan ishonchni aniqlash (Zinapoya) metodikasi natijalari haqida.
Trening maqsadi: Metodika asosan boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’ziga bo’lgan ishonchni aniqlash metodikasidir.
Yig’ilishni maktab direktori 2-sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan o’ziga bo’lgan ishonchni aniqlash (Zinapoya) metodikasi natijalari haqida.
Trening maqsadi: Metodika asosan boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’ziga bo’lgan ishonchni aniqlash metodikasidir.
Yig’ilishni maktab direktori M.Murodova ochib berdi va maktabda 2–sinf o’quvchilari bilan o’tkazilan metodikaning natijalarini o’rganish va muxokama qilish maqsadida yig’ilganligimizni aytib o’tdi. So’zni maktab psixologi H.Saypillayeva berdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab psixologi H.Saypillayeva o’z so’zida 2–sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan ushbu metodika orqali bola o’zidagi imkoniyatlarini, xozirgi axvolini anglab yetadi. Real “men” maqsad qo’ygandagi “men”iga o’zini solishtiradi. Real ichki “men”i bilan orzusidagi “men”ining mos kelishi bolaning ruxiyatidagi kuchini ifodalaydi. Bolaning o’ziga bo’lgan ishonchi o’z resurslarini to’g’ri baxolay olish orqali shakllanadi.Resurslarga katta baxo berish ota-ona tomonidan ortiqcha maqtovlar sababli paydo bo’lishi mumkin.Resurslarga past baxo berish esa ota –ona tomonidan byuolaga past nazar bilan qarash orqali bo’lishi mumkin.Bolaning o’ziga yaxshi baxo berishi o’ziga ishonch ,atrofdagilarning mexriga ,xurmatiga sazovvor ekanligidan dalolat beradi.O’ziga past baxo berish esa ,o’zini ayblash,yomon ko’rish atrofdagilardan qo’llab-quvvatlashga sazovvor bo’lmaslik tuyg’ularini ifodalaydi.
O’quvchilarga quyidagi vazifa berildi: “Bolalar, qo’lingizdagi qog’ozga 10 ta zinani chizing va men bu zinalarni doskaga chizib ko’rsatdim. Eng pastki zinaga chiza oladigan o’quvchilar past bahoga o’qishar ekan. Ikkinchi zinaga o’rtacha o’quvchilar, uchinchisida undan yaxshiroqlari va eng baland zinaga eng kuchli o’quvchilar chiza olishar ekan. O’zingizga baho bergan holda qaysi zinaga chiqa olishingizni chizib bering. O’qituvchingiz sizni qaysi zinaga chiqaradi, deb o’ylaysiz? Ota-onangiz sizni qaysi zinagacha chiqa oladi, deb o’ylashadi? Deb o’quvchilarga tushunchalar beriladi deb o’z so’zini yakunladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |