4-umumiy o’rta ta’lim maktab psixologlari N. Yuldasheva va H. Saypillayevalarning Sentabr-oktabr oyi uchun tayyorlagan


Yig’ilish so’ngida qaror qabul qilindi


Download 40.98 Kb.
bet8/12
Sana30.04.2023
Hajmi40.98 Kb.
#1407262
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
4-maktab Hisobot bayonnamalari Sentabr-Oktabr

Yig’ilish so’ngida qaror qabul qilindi:
1.Maktabda o’tkaziladigan 11-sinf o’quvchilar uchun o`tkazilgan G.Ayzeng “Ayzenkning shaxs so'rovnomasi” metodikasi o’tkazilsin.
2. Ushbu yig’ilish bayonnomasidan ko’chirma tuman XTBga taqdim etilsin.
Maktab direktor : M.Murodova
Maktab psixologlari: N.Yuldasheva
H.Saypillayeva

Paxtakor tumani XTBga qarashli 4 – umumiy o`rta ta'lim maktabi 2020 -2021 o`quv yili


26-oktabrda 9-sinf o’quvchilar uchun o`tkazilgan “Shaxs yo'nalganligini aniqlash” nomli metodikaga bag`ishlanagan yig`ilish


Bayonnomasi
26.10.2020 y.

Qatnashdilar :


M.Murodova - maktab direktor, rais
N.Yuldasheva va H.Saypillayeva – amaliyotchi psixolog
Maktab o`quvchilari jami 82 nafar
Maktab o`qituvchilari to`liq tarkibda
Kun tartibidagi masala:
1. 9-sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan “Shaxs yo'nalganligini aniqlash” metodikasi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktor M.Murodova so`zga chiqdi va quyidagilarni aytdi:
- Xalq ta'limi oldida turgan asosiy vazifalardan biri o`quvchilarni axloqiy jihatdan barkamol shaxs qilib shakllantirishdir. Tarbiya jarayonida ayniqsa, o`smir yoshdagi maktab o`quvchilarida vatanparvarlik, milliy g`oya va baynalminalchilik, voqelikka faol munosabatda bo`lish, o`rtoqlik, myehnat kishisiga chuqur hurmat hislarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy taraqqiyot goyasini o`zida mujassam etgan ma'naviy jihatdan barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun munosib hayot shart-sharoitlarini yaratish davlat siyosatining ustivor yo’nalishi deb qaraladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosat tufayli ta'lim - tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashgan darajaga olib chiqish, islohotlar taqdiriga ijobiy ta'sir ko’rsatuvchi yangi insonni voyaga yetkazishning muhim manbai sifatida "Ta'lim haqida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi" singari muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar qabul qilindi.
Mazkur hujjatlarda ta'lim-tarbiya sohasida islohotlarning asosiy yo’nalishlari, talab va maqsadlari aniq belgilab byerilgan, hamda ularni amalga oshirish hayotimizning barcha soalarida bo’lgani kabi bosqichma-bosqich o’tkazilishi asosiy vazifa qilib qo’yilgan.
O’zbekistonda ijtimoiy tarbiyaning eng oliy maqsadi har bir fuqaroda komil insonga xos fazilatlarni shakllantirishdir. Komil inson deganda biz: "ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan, bilimli, hozirgi davrda o’smirlarni tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, mexanizmlari mavjud. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’smirlarni tarbiyalashda ularning xususiyatlarini to’la hisobga olgan holda ta'limiy-tarbiyaviy tadbirlarni qo’llash shaxslararo munosabatlarda anglashilmovchilikni bartaraf qiladi, iliq psixologik iqlimni yaratadi. hozirgi kunda o’smirlar tahdiri masalasi g’oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. O`smirlik davri taqlidchanligi, muhim nuqtai nazarning shakllanmaganligi, hissiyotliligi, mardligi bilan farqlanadi. Shuning uchun tashqi ta'sirlarga beriluvchan o`smir o`g`il-qizlarga alohida e'tibor byerish zarur. Shulardan yana biri psixologlarga bo’lgan ishonch o’quvchilar bilan ishlashda bugungi kunda psixologlarning ham o’rni katta deb.
Shundan so`ng so`zga maktab psixologlari N.Yuldasheva va H.Saypillayeva chiqdi va quyidagilarni aytdi:
- Tarbiyaning umumiy ijtimoiy vazifasi - yosh avlodda bilim, ko`nikma, ijtimoiy tajriba va axloq normalarini shakllantirishdan iborat. Shu maqsadda yosh avlodga tarbiya berish maqsadga yo`naltirilgan tarbiyaviy ta'sir, ijtimoiy hayotda munosabatga kirishish normalarini va shu asosida zaruriy shart-sharoit yaratishni nazarda tutadi.
O’quvchilarga savollarni va har bir variantni diqqat bilan o'qib, har bir variant uchun to'g'ri keladi yoki to'g'ri kelmaydi degan variantlar ichida o'ziga mosini belgilashi haqida ko’rsatma beriladi”- deb so’z yakunlanadi.



Download 40.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling