4. Yong‘inga qarshi kurashish xizmati
Download 1.06 Mb.
|
Buxorov Javohirbek Hayot faoliyati xavfsizligi mustaqil ta\'lim
O‘zbekiston Respublikasida Yong‘in xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari quyidagilardan iborat: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qoununi 2009 yil 30- sentabr O‘RQ-226. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 3 fevraldagi “Yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong‘inlarga doir axborotni to‘plash hamda o‘zaro almashish tartibi haqidagi Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida” 13-sonli Qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 4 oktabrdagi “Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash haqidagi” 272-sonli Qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2013 yil 21 noyabrdagi “Tadbirkorlik subektlariga tegishli bo‘lgan ob’yektlarni yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” 136- sonli buyrug‘i. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi “Ichki ishlar organlari yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2992-sonli Qarori.Yonish jarayoni. Yonish deb, yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish jarayonida bir moddaning ikkinchi moddaga aylanishi natijasida katta miqdorda issiqlik va nurlanish ajralishi bilan kechadigan hodisaga aytiladi. Yonishda asosan uch omil muhim rol o'ynaydi: yonuvchi modda; yondiruvchi muhit; qizdirish jarayoni. Yonuvchi modda deyarli hamma joyda bor: bular har xil yog'och mahsulotlari va jihozlari, qog'oz mahsulotlari, kimyoviy moddalar, yonuvchi suyuqliklar va har qanday organik moddalardir. Yondiruvchi muhit bu bizni o'rab tuigan havd tarkibidagi kislorod bo'lib, u ham hamma vaqt mavjud. Ba'zi bir hollarda yonish jarayoni xlor, brom kabi oksidlovchilar muhitida ham ro'y berishi mumkin. Endi qizdirish jarayoni bo'lsa, yonish reaksiyasi vujudga keladi. Buning uchun ma'lum miqdorda qizdirish manbasi bo'lishi kerak. Reaksiya boshlangandan keyin, reaksiya natijasida hosil bo'lgan issiqlik yonishning davom etishini ta'minlaydi. Shuning uchun yonayotgan zona aiangalanish manbasi va yonish zonasi hisoblanadi. U zona harorati qancha katta bolsa, yonish shuncha tez bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, yonish – yonuvchi aralashmaning reaksiyaga kirishish xususiyatiga ega bo‘lgan boshlang‘ich komponentlarining oksidlovchi bilan yonish mahsulotlariga ekzotermik aylanish (o‘zgarish) murakkab fizik-kimyoviy jarayoni hisoblanadi.Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling