4. Yong‘inga qarshi kurashish xizmati


Download 1.06 Mb.
bet5/7
Sana30.03.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1310224
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxorov Javohirbek Hayot faoliyati xavfsizligi mustaqil ta\'lim

Atmosfera elektr zaryadlari va ulardan himoyalanish. Yashin va momoqaldiroq vaqtida kuchli elektr zaryadlari hosil bo’lib, ularning kuchlanishi 2 V dan 8 mln V gacha, tok kuchi esa 200000 A gacha yetishi va bunday zaryadlar binolarga, insonlarga va hayvonlarga katta zarar yetkazishi, shuningdek turli yong’inlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday vaqtda yashinning ta’siri birlamchi (to’g’ri urish) va ikkilamchi (elektrostatik va elektromagnit induksiyalari ko’rinishida) bo’lishi mumkin. Shu sababli, binolar va inshootlarga yashin qaytargichlar o’rnatilishi zarur. Yashin qaytargichlar uch elementdan: yashin qabul qilgich, tok o’tkazgich va yerga ulash sistemasidan tashkil topadi. Ular sterjen, antena va to’r ko’rinishida bo’ladi. Yashin qaytargichning eng oddiy konstruksiyasi tom tepasiga o’rnatilgan yashin qabul qilgich va yerga ulangan sterjendan iboratdir. Bunday sterjen bino atrofida yumalok asosli ikki konus ko’rinishidagi himoya maydonini tashkil etadi. Uning radiusi yashin qabul qilgich balandligidan bir yarim marta katta bo’ladi

Iqtisodiyot tarmoqlari, binolari, inshoatlari va qurilish materiallarining yong‘inga qarshi bardoshlilik darajalari. Agar iqtisodiyot tarmoqlarini, binolarni, inshoatlarni va sanoat korxonalarini loyihalash va qurishda, unda bajariladigan ishlarning mohiyatidan kelib chiqadigan talablardan, unga texnik mustahkamlik, sanitariya-gigienia va iqtisodiy talablardan tashqari, unga yong'in xavfi va yong'inga qarshi tura olish talablari ham qo'yiladi. QMQ 2.01.02-92 ga asosan hamma qurilish konstruksiyalari yonishi bo'yicha uch guruhga bo'linadi. Yonmaydigan konstruksiyalar—bularga katta harorat ta'sirida yoki alanga ta'sirida yonib, kulga yoki ko'mirga aylanmaydigan qurilish konstruksiyalari kiradi (masalan, metall konstruksiyalar va mineral materiallar). Qiyin yonadigan konstruksiyalar—bunga katta harorat yoki ku-chli alanga doimiy ta'sir etganda tutab yonadigan, alanga ta'siri yo'qolishi bilan uchadigan sanoat konstruksiyalari kiradi (o'tga qarshi vositalar bilan ishlov berilgan yog'och konstalksiyalar va sanoat chiqindilardan tayyorlangan—yarim organik va yarim mineral moddalardan tayyorlangan konstruksiyalar). Yonadigan konstruksiyalar—bularga alanga yoki katta harorat yondiruvchi vosita bo'lib, keyin alanga olib ketilgandan keyin ham yonishda davom etadigan sanoat konstruksiyalari kiradi (yog'och materiallar, qurilishda ishlatiladigan turli-tuman plastmassa materiallari).


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling