Iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot va servis kafedrasi
Download 166.5 Kb.
|
TARMOQLARARO DINAMIK BALANS MODELI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: TARMOQLARARO DINAMIK BALANS MODELI Bajardi: Usmonaliyev.A Farg‘ona -2023
- Tarmoqlararo balans modeli
- Tarmoqlararo balansning matematik modeli
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI TA’LIM IQTISODIYOT FAKULTETI IQTISODIYOT VA SERVIS KAFEDRASI Makroiqtisodiy tahlil va pragnozlash fanidan MUSTAQIL ISHI Mavzu: TARMOQLARARO DINAMIK BALANS MODELI Bajardi: Usmonaliyev.A Farg‘ona -2023 TARMOQLARARO DINAMIK BALANS MODELI Reja: 1. Milliy iqtisodiyotda tarmoqlarning o`rni. 2. Tarmoqlararo balansning umumiy tuzilishi. 3. Balans modellaridagi matematik bog`lanishlar. 4. Tarmoqlararo balans qismlarining xarakteristikalari. 5. Bevosita moddiy xarajatlar koeffitsiyentlarini aniqlash. 6. Mehnat xarajatlari koeffitsiyentlarini aniqlash. Tarmoqlararo balans modeli – bu matritsaviy makroiqtisodiy model. Tarmoqlararo balans modeli – milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini o`z ichiga olgan va optimal proportsiyalarni aniqlaydigan matematik modeldir. Tarmoqlararo balans modeli yordamida – milliy iqtisodiyotning yalpi mahsuloti aniqlanadi. Tarmoqlararo balans modelida bevosita xarajatlar – bir birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlardir. Tarmoqlararo balansning matematik modeli – bu matematik tenglamalar sistemasidir. Milliy iqtisodiyot darajasidagi tarmoqlararo balans (TAB) da milliy daromadning yaratilishi va taqsimlanishi, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish, tarmoqlar o`rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari xamda ijtimoiy mahsulotning ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi o`z aksini topadi. Xalq xo`jaligida mahsulot ishlab chiqarish va taqsimlanishi tarmoqlararo balansining matematik modeli.
Balans tuzishda quyidagilarga asoslanamiz: a) ishlab chiqarish tarmoqlarini i harfi bilan iste’molchi tarmoqlarni j harfi bilan tartiblaymiz; i=1,2,3,...,n; j=1,2,3,...,n. b) xalq xo`jaligining har bir tarmogi balansda ishlab chiqaruvchi xamda iste’molchi sifatida qatnashadi; v) ishlab chiqarish tarmoqlariga balansdagi muayyan bir qator, iste’molchi tarmoqlariga esa muayyan bir ustun mos keladi. Xij kattaliklar i-tarmoqda ishlab chiqarilgan va j-tarmoqda iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining qiymatini ko`rsatadi. Tarmoqlararo balansning satrlarida moddiy ishlab chiqarishning har bir tarmogidagi yillik mahsulot xajmining taqsimlanishi o`z aksini topadi. Masalan, 1-tarmoq qatoridagi X11, X12, X13,..., X1n kattaliklar elektroenergiya tarmogi mahsulotining shu tarmoqning o`zida, kumir sanoatida va barcha boshqa tarmoqlarda sarflangan mikdorini ko`rsatadi. Elektroenergiyaning moddiy ishlab chiqarishdan tashkaridagi sarflanishi, ya’ni sunggi (pirovard) iste’molni y1 ko`rsatadi. Pirovard iste’mol shaxsiy (xususiy) va ijtimoiy iste’moldan tashkil topadi. 1-satrdagi barcha kattaliklar yigindisi xuddi 1-ustundagi kattaliklar yigindisi kabi natijaga, ya’ni yil davomida ishlab chiqarilgan elektroenergiya mahsulotining qiymat ko`rinishiga teng bo`lishi kerak: (1) Xuddi shuningdek ixtiyoriy olingan ishlab chiqarish tarmogi uchun: (2) Tarmoqlararo balans modeli to`rtta qism - kvadrantlardan iboratdir. Download 166.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling