47-dars: Ot kesim va ega orasida tirening ishlatilishi
Mustaqil va nomustaqil kesim
Download 18.38 Kb.
|
1 2
Bog'liq47-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.MAVZUGA OID SAVOLLAR
- II.MAVZUGA OID MASHQLAR: 1-mashq.
- III.MAVZUGA OID TESTLAR
Mustaqil va nomustaqil kesim
Tilimizda shart mayli shakli (istak gaplar bundan mustasno) nomustaqil kesim shaklini yasashga xizmat qiladi. Bunday kesimli gaplar mustaqil ravishda qo‘llanilishi uchun maxsus nutqiy sharoit talab qilinadi. Ya’ni shart mayli shakli istak gapning kesimi bo‘lib, gap oxirida kelsa, mustaqil kesim hisoblanadi. Masalan: Qani edi yomg‘ir yog‘sa… Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe’l kesimlar hamda bog‘lamasiz va bog‘lamali ot kesimlar mustaqil kesimlardir. Masalan: Mehmonlar kelsa, biz ularni yaxshi kutib olamiz. I.MAVZUGA OID SAVOLLAR: 1.Tire va chiziqcha (defis)ning farqi nimada? 2. ot kesim va ega o`rtasidagi tire gapning qaysi o`rnida qo`yiladi? 3. Qanday hollarda ot kesim va ega o`rtasida tire qo`yiladi? 4. Qanday holarda ot kesim va ega orasida tire qo`yilmaydi? II.MAVZUGA OID MASHQLAR: 1-mashq. Gaplarning kesimlarini aniqlab, kerakli o‘rinda ular orasiga tire qo‘yib ko‘chiring. 1. Qo‘l yugurigi oshga, til yugurigi boshga. 2. Mehmonlarning aksariyati o‘rta yoshli, o‘ttiz-qirq orasidagi odamlar edi. 3. Yaxshining gapi moy, yomonning gapi loy. 4. Hosilning otasi suv, onasi yer. 5. Yaxshi niyatli kishilarning ahdi shu. 6. Mardga o‘lim yo‘q. 7. Ozod yuraklarga baxt nuri to‘lgan. 2-mashq. Berilgan gaplardagi kesimlarning mustaqil yoki nomustaqilligiga ko‘ra turini ayting. Qalb salomat bo‘lsa, aql ham, fikr ham salomat bo‘ladi. 2. Agar shu ko‘rganlarini hikoya qilib bersa, ular ishonmaydilar. 3. Aravalar bugun yetib borsa, ular ertaga qaytib kelishlari mumkin. 4. Havo bulut bo‘lsa ham, yomg‘ir yog‘madi. 5. Mehnat qilsang, baxting ochiladi. 6. Sen yig‘lasang, men ham qo‘shilib yig‘lab yuboraman. III.MAVZUGA OID TESTLAR: 1.Qaysi qatorda ega bilan kesim orasida tire noto`g`ri qo`yilgan? A)Mening eng yaqin do`stim – sensan. B) Bilim olish – yuksalish. C) Hunarlining qo`li – gul. D) Halol yashamoq – xalqqa xizmat qilmoq. 2. Ega qaysi shaxsni bildirganda ot kesimda shu shaxsni ko`rsatuvchi qo`shimcha bo`lmaydi? A) I shaxsni B) II shaxsni C) III shaxsni D) Ot kesimda, albatta, shaxsni bildiruvchi qo`shimcha bo`ladi. 3. Harakat nomi bilan ifodalangan ot kesimli gapni aniqlang. A) Nomus – asl go`zallik. B) Oddiylik – insoniy qadr-qimmatingni anglashing. C) Haqgo`ylik – hayot nafasi. D) So`z – gul, ish – meva 4. Qaysi qatorda ot-kesimli gap berilgan? A) Intilganga ochiq yo`l. B) Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. C) Bunda qushlar topadi iqbol. D) Ertaga cho`lga jo`nab ketamiz. 5. Ega bilan ot kesim o`rtasida tire qaysi gapda noto`g`ri qo`yilgan? A) Otalar so`zi – aqlning ko`zi. B) Ginali do`st – adovatli dushman. C) Men ham – kichik paxtakor. D) Aqlli qariya – oqib turgan daryo. 6. Qaysi gapda ega va ot kesim orasida tire qo`yilishi kerak? A) Mard yigitning ishidir bu. B) Salomatlik tuman boylik hisoblanadi. C) Maktab ishi umumxalq ishidir. D)Bilim va hunar egizak 7. Qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire noto`g`ri qo`yilgan? A)Kurashmoq – o`rnak bo`lib yashamoq. B) O`zbekiston – mustaqil davlat. C) Hosil bayrami – zafar bayrami. D) O`qish – hayotni tushunishdir. 8. Gap tarkibida bog`lama bo`lsa, ega va kesim orasida qanday tinish belgisi qo`yiladi? A) vergul B) ko`p nuqta C) tire D) tinish belgisi qo`yilmaydi. 9. Ibora bilan ifodalangan egani toping. A) O`zbekiston Respublikasi bizning vatanimiz. B) Har kim bilganicha idrok etadi. C) Yolg`on so`z kishining qadrini tushiradi. D) Uning oyoq olishi bizga yoqmadi. 10. Ega qaysi so`z turkumiga oid so`zlar bilan ifodalanadi? A)Bosh kelishikdagi barcha so`z turkumlari bilan. B) Bosh kelishikdagi mustaqil so`z turkumlari bilan C) Bosh kelishikdagi fe’ldan tashqari mustaqil so`zlar bilan. D) Bosh kelishikdagi ot, olmosh va ot o`rnida qo`llangan boshqa so`zlar bilan. 11. Hafsalasi pir bo`lgani ko`zidan bilinib turardi. Ushbu gapda ega qanday so`z bilan ifodalangan? A) Ot bilan B) harakat nomi bilan C) otlashgan so`z bilan D) ibora bilan 12. Quyida berilgan gapning egasi to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping. Senga tengdosh Pomir-u, Oqsoch Tiyonshon, o`zbegim. A) Pomir-u Tiyonshon B) Tengdosh C) senga D) oqsoch 13. Shularni ko`rib tabiatga hayron qolasan, kishi. Ushbu gapdagi egani aniqlang. A) Ega qo`llanmagan B) kishi C) tabiatga hayron qolasan D) hayron qolasan, kishi 14. Otlashgan sifadosh bilan ifodalangan ega qaysi qatorda qo`llangan? A) Har kim bilganicha idrok etadi. B) O`qimoq – yuksalmoq C) Intilgan elga yoqar D) Ot tuyoqlarining dupuri eshitildi. 15. Otlashgan sifatdosh ega vazifasida qo`llangan gapni aniqlang. A) Egilgan boshni qilich kesmas B) Tezyurar poyezdda ketdi. C) Ko`pni yomonlagan ko`muvsiz qolur D) Mehr ko`rsatganni hurmat qil. 16. Tirnoq orasidan kir qidirish uning doimiy odati bo`lib qolgan. Ushbu gapdagi eganing ifodalanishini aniqlang. A) harakat nomi bilan B) ot bilan C) ibora bilan D) otlashgan so`z bilan 17. XUshbo`y hid sochar ekan har xil gul va g`unchalar. Ushbu gapdagi egani aniqlang. A) hid, gul, g`unchalar B) hid C) xushbo`y hid D) gul, g`unchalar 18. IShlamay yegan, og`rimay o`lar. Ushbu gapdagi eganing ifodalanishi to`g`ri ko`rsatilgan qatorni aniqlang. A) Sifatdosh bilan ifodalangan B) fe’l bilan ifodalangan C) Otlashgan sifatdosh bilan ifodalangan D) Bu gapda ega qo`llanmagan 19. Quyidagi gapning egasini aniqlang. Quvvatning tushishi goho hushdan ketishga olib keladi. A) Hushdan B) goho C) quvvatning tushishi D) hushdan ketishga 20. Ushbu gapdagi eganing qaysi so`z turkumi bilan ifodalanganligini aniqlang. Shu payt guzar tomondan chopib kelayotgan otning dupuri eshitildi. A) ot B) taqlid so`z C) ravish D) sifat 21. Eganing asosiy Grammatik xususiyati nimada? A) Ot turkumiga xos bo`lishi B) kesimdan oldin kelishi C) so`zning bosh kelishik shaklida bo`lishi D) birlik yoki ko`plik shaklida bo`lishi 22. Qishloqlardan bog` oralab keluvchilarning usti qor edi. gapdagi egani ko`rsating. A) qor B) usti C) keluvchilar D) keluvchilarning usti 23. Eganing olmosh bilan ifodalanishini toping. A) Biz ko`rgan kunlarni hech ko`rmang. B) Ko`pchilik bu voqeani o`sha kuniyoq eshitdi. C) Unaqa kishilarning davosi – shu D) Har kim ekkanin o`rar. 24. Taqlid so`z bilan ifodalangan egani aniqlang. A) Chillaki luchchak shaftolilar duv-duv to`kildi B) Ular gangur-gungur so`zlashib borishdi C) Qamishzorning shitir-shitiri tun sukunatini buzdi D) G`uv-g`uv shamol derazaga, eshikka uriladi 25. Daraxtning ko`pi yaxshi ko`karadi. Ushbu gapda ega qaysi so`z turkumi bilan ifodalangan? A) son bilan B) sifat bilan C) ot bilan D) ravish bilan 26. Qaysi qatorda ega va ot kesim orasida tire qo`yilishi kerak? A)Bizning sinfimiz //sakkizinchi B) Qizilqum sahrosi//bepoyon. C) Mening opam ham //talaba D) Urush//quyon ovi emas. 27. Qaysi gapda ega va kesim orasida tire qo`yilishi lozim? A) Ilm bir daraxt B) Qizning orzulari bir olam edi C) Biz ham ishchimiz D) U odob-axloqning koni hisoblanadi 28. Ega va ot kesim orasida tire noto`g`ri qo`yilgan gapni toping A) Hunarlining qo`li – gul. B) Sabr tagi – sariq oltin C) Otalar so`zi – aqlning ko`zi D) Birinchi sentyabr – O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami sanaladi 29. Qaysi qatorda ot-kesimli gap berilgan? A) Intilganga yo`l ochiq. B) Majlisda intizom haqida ham gapirildi C) Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar D) Bunda qushlar topadi iqbol 30. Bu – sen uchun katta sinovdir. Ushbu gapdagi tirening ishlatilish sababini aniqlang A) bu gapda tire ishlatilmaydi, chunki ot-kesim tarkibida bog`lama bor. B) Shart munosabati ifodalanganligi uchun C) Ega ma’nosi ta’kidlanganligi uchun. D) Izohlash munosabati ifodalanganligi uchun Download 18.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling