5- amaliy mashg‘ulot Mavzu: quritish uchun zarur moddalar (oltingugurt, osh tuzi, ishqor va boshqa) va kerakli inventarlar miqdorini hisoblash mashg’ulotning maqsadi
Download 42.31 Kb.
|
5- amaliy
Topshiriqni bajarish: Eritma konsentratsiyasi foizlarda belgilanadi.
Hisoblashlar belgilangan suv hajmiga modda miqdori yoki modda miqdorini berilgan eritma hajmiga ko‘ra ifoda yordamida aniqlanadi (1) va (2):
bu yerda: V - suv miqdori, kg; R - eritma miqdori, kg; K - eritma konsentratsiyasi, %; 100 - foizga o‘tkazish koeffitsiyenti. 1-misol: Konsentratsiyasi 2% bo‘lgan 200 litr tuzli eritma tayyorlash zarur. Buning uchun qancha miqdorda suv va osh tuzi zarur ekanligini hisoblang. Buning uchun 1 ifodadan foydalanamiz:
Zarur suv miqdorini topamiz: V=R-C=200-4=196 kg. Hisoblarni tekshirish: 29 К = С 𝑉 + С ∗ 100 = 4 196 + 4 ∗ 100 = 2% 2-misol: Konsentratsiyasi 2% bo‘lgan tuzli eritma tayyorlash uchun 200 litr suvga qancha miqdorda osh tuzi qo‘shish lozim. 2-ifodadan foydalanib osh tuzi miqdorini hisoblab topamiz:
𝑅 = 𝑉 + С = 200 + 4,08 = 204,08 кг. Hisoblarni tekshirish: К = С 𝑅 ∗ 100 = 4,08 204,08 ∗ 100 = 2%. Topshiriq. Quritiladigan xom-ashyo tarkibida 1....5% oltingugurt angidridi bo‘lgan sulfat kislotaning ishchi eritmasi bilan ishlov beriladi. Sulfitlangan xomashyo tarkibida oltingugurt angidridi miqdori 0,1...0,2% dan oshmasligi lozim. Agarda saqlashda yarim tayyor mahsulot tarkibidagi oltingugurt oksidi miqdori 0,1% gacha kamaysa mahsulot qayta ishlashga yuboriladi yoki zarur miqdorga yetkazish uchun SO2 qo‘shiladi. Barcha hisoblarni SO2 miqdorini aniqlash uchun amalga oshiring. Misol: 150 tonna rezavor meva pyuresini quruq sulfitatsiyalash uchun zarur 0,2% konsentratsiya uchun SO2 miqdorini hisoblab toping. SO2 zarur miqdorini (kg) quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz: х = М ∗ 𝑣 ∗ 10; bu yerda: M - sulfitatsiyalanadigan mahsulot massasi, tonnada; v - sulfitatsiyalangan mahsulot tarkibidagi SO2 belgilangan konsentratsiyasi, % da; 10 - qayta hisoblash koeffitsiyenti. х = М ∗ 𝑣 ∗ 10 = 150 ∗ 0,2 ∗ 10 = 300 𝑘𝑔; 30 Мисол: Tarkibida 0,08% SО2 bo‘lgan 150 tonna sulfitlangan meva pyuresi mavjud. SО2 konsentratsiyasini 0,2% ga yetkazish zarur. Buning uchun qancha miqdorda SО2 kerak bo‘lishini hisoblang. Kerak bo‘ladigan SО2 miqdorini quyidagi ifoda yordamida aniqlaymiz: х = М ∗ (в - б) ∗ 10; bu yerda: b-mahsulot tarkibidagi mavjud SО2 miqdori, % da. х = М ∗ (в - б) ∗ 10 = 150 ∗ (0,2 - 0,08) ∗ 10 = 180 кг. Misol: Tarkibida 0,15% oltingugurt angidridi mavjud bo‘lgan 80 tonna quritilgan mahsulot olish uchun qancha miqdorda 2% konsentratsiyali sulfat kislota ishchi eritmasi zarurligini hisoblab toping. Zarur 2% konsentratsiyali sulfat kislota eritmasi miqdorini quyidagi ifoda yordamida hisoblab topamiz. х = М ∗ 𝑣 а ∗ 1000; bu yerda: a - ishchi eritma tarkibida oltingugurt eritmasi miqdori, % da.
Hisob-kitoblar bajarilgandan so‘ng, osh tuzi va sulfat kislota eritmalari tayyorlab, hosil bo‘lgan eritmalarning haqiqiy konsentratsiyasini ariometr yordamida aniqlaymiz. Download 42.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling