5- ma’ruza: MijozIarning hayot aylanishi tsiklini boshqarish Reja: Asosiy tushunchalar
Download 238.53 Kb. Pdf ko'rish
|
9AlXurcQbHKBnW1A87bE17r9upg8U9R4W1xJitJd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uxlayotgan xaridor
Yo’qolgan xaridor
Ba’zan potentsial mijoz saytga kirib, hatto savatga solib, ba'zi tovarlarni tanlagan, ammo oxir-oqibat sotib olish muvaffaqiyatsiz tugagan xolatlar bo‘lishi mumkun. Sotuvchining vazifasi mijozni onlayn-do'koniga qaytarishdir. Hatto qaytarilgan mijozlaming 5 foizi ham kompaniya foydasini 95 foizgacha oshirishi mumkin. Chunki mijozni qaytarish yangisini topishdan ko'ra ancha arzon. Do'konni tark etgan mijozga ta'sir qilishning bir necha yo'li mavjud: -Mijozga do'kon savatida buyumlari borligini eslatuvchi elektron pochta xabarlari avtomatik ravishda yuboriladi. Odatda bitta yoki ikkita xat yuboriladi. Ushbu vosita tufayli savdoni taxminan 5% ga oshirish mumkin. -Agar mijoz onlayn-do'konda ro'yxatdan o'tmagan bo'lsa, elektron pochta manzilini ko'rsatmagan bo'lsa bunda veb-Push (mobil qurilma yoki kompyuter ekranida paydo bo'ladigan qisqa xabarlar.) eslatmalari dolzarbdir. U har qanday holatda ham qalqib chiquvchi eslatmani ko'radi - brauzer oynasi yopilgan bo'lsa ham, foydalanuvchilarning deyarli 90 foizi ulami o'qiydi. -Tashlab ketilgan savatlarni qayta sotish. Yuqorida aytib o'tilgan bannerlar nafaqat yangi xaridorlarni jalb qilish, balki potentsial mijozni turli sabablarga ko'ra tashlab ketgan tovarlar savatiga qaytarish imkoniyatiga ega. В unday bannerda savatdagi sotilmagan mahsulotlar to'g'risidagi ma'lumotlar va unga o'tish tugmasi mavjud. Bunday reklama uchun to'lov faqat havolani bosish natijalariga ko'ra amalga oshirilishi mumkin, masalan, mijoz o'z savatidagi tovarlarni to'laganidan keyin. Ushbu model CPS (cost per sale - sotish uchun xarajat) deb nomlanadi. Uxlayotgan xaridor Uxlayotgan deb ataladigan mijozlaming hayot aylanishi sikli onlayn-do'konda bitta xaridni amalga oshirish bilan tavsiflanadi, shundan so'ng ular saytga qaytishmadi. Yoki shunchaki to'ldirilgan savatingizni tashlab, boshqa sotuvchiga ketgan bo'lishi mumkin. Bu holda maqsad bitta-yo'qolgan mijozni qaytarish, uni sotib olishga majbur qilish, undan doimiy sodiq xaridor qilish. Bunda yuqoridagi barcha vositalarni qo‘llash mumkin, xususan Veb-Push eslatmalari kerakli xabami darhol etkazib berish tufayli uxlab yotgan foydalanuvchini uyg'otishi mumkin. Bu usul uzoq vaqtdan keyin o'qilishi mumkin bo'lgan yoki umuman ochilmagan elektron pochta xabarlaridan farq qiladi. Bu aktsiyalar, chegirmalar haqida ma'lumot bo'lishi mumkin va xaridomi tezda qiziqtirishi mumkin. Download 238.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling