5- mavzu: O‘quv darslarining turlari va ularning mu taxassislar tayyorlashdagi roli


Download 94.13 Kb.
bet13/21
Sana10.02.2023
Hajmi94.13 Kb.
#1188126
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
5 мавзу O‘quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi

Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati
Bu ro‘yxatda malakaviy ish yozish jarayonida foydalanilgan barcha adabiyotlar va boshqa manbalar sanab o‘tiladi.
Adabiyotlar ro‘yxati yozganda talabalar ko‘pincha uning qanday tartibda joylashtirishga, uni to‘g‘ri to‘ldirishga qiynalishadi.
Foydalangan adabiyotlar ro‘yxatini tuzishda uni bir necha shartli guruhga bo‘lgan ma’qul.
O‘zbekiston Respublikasining qonuniy hujjatlari va materiallari:

  • O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qaror-lari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qa-rorlari va rasmiy hujjatlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari meyoriy-huqu-qiy hujjatlari.

Maxsus adabiyotlar:


* darsliklar;
* o‘quv qo‘llanmalar;
* ilmiy monografiyalar;
* doktorlik, nomzodlik dissertatsiyalari;
* ilmiy-amaliy anjumanlar ma’ruzalari to‘plamlari;
* gazeta va jurnal maqolalari;
* statistik ma’lumotlar:
* nashr etilgan manbalar (statistik маълумотлар);
* nashr etilmagan manbalar.
Internet saytlari.
Maxsus adabiyotlar: darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, olim-larning asarlari, monografiyalari, va boshqa manbalar, jumladan, tarjima qilingan adabiyotlar, jurnal va gazetalar maqolalari alfavit ketma-ketligida beriladi.
Muallif (yoki mualliflar) ismi-shariflari, kitob, maqola nomi, nashriyot nomi, nashr qilingan yili ko‘rsatiladi.
Qabul qilingan qoidaga muvofiq BMI standart AI formatli oq qog‘ozgayoziladi. Matn qog‘ozning chap tomonidan 30 mm. yuqoridan20 mm., o‘ng-
dan 10 mm., pastdan 25 mm. tashlab yoziladi. Har bir varaqda 28 satrdan kam bo‘lmasligi lozim.
Bob va paragraf sarlavhalari asosiy matndan yuqoridan 1 satr bo‘sh joy tashlab ajratib yoziladi. Agar ular matnni o‘r-tasida bo‘lsa, yozilayotgan paragraf tugagach (yuqoridan) 2 satr bo‘sh joy tashlab matndan ajratib yoziladi.
Sahifalar, sarvaraq (titul varag‘i), mundarija (reja)dan so‘ng, kirishdan 3 betdan boshlab raqamlanadi (nomerlanadi).
BMIda satr boshi (abzats)ni ajratib ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega.
Har bir satr boshi muallifning yangi fikr boshlaganini ko‘rsatadi. U matnda doimo bir xilda 3 yoki 5 harf hajm chapdan bo‘sh joy tashlab boshlanishi kerak.
BMIda muallif tomonidan o‘z fikrini, ko‘rilayotgan masa-lani qonun-qoida va boshqalarni ishonchliligini tasdiqlash maqsadida iqtibos(sitata) keltirilsa, u albatta olinayotgan manbadagidek bo‘lishi kerak. Odatda, matnda iqtibos qo‘shtirnoq ichiga olinadi. Hamma iqtiboslarning manbai keltiriladi. Man-balar sahifaning oxirida, matn orasida yoki matn oxirida alo-hida sahifada ko‘rsatilishi mumkin. Odatda, sahifa oxirida yoki matn oxirida alohida sahifada ko‘rsatishdan foydalaniladi. Ko‘proq manba sahifa oxirida ko‘rsatiladi.
Jadvallar, chizma, grafik, rasm, hujjatlar, buxgalteriya hisobidan to‘ldirilishi lozim bo‘lgan shakl (forma)lar asosini matnda ham, ilovada ham arab raqamlari bilan yoziladi. Ular nomlanishi, manbasi ko‘rsatilishi zarur. Agarda u talaba tomo-nidan tayyorlangan bo‘lsa, manbaga muallif tomonidan bajarilgan deb yozishi zarur.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining rejasi, mazmuni, mate-rialni bayon qilish uslubi, tili, iqtiboslarning manbaini ko‘r-satilishi, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalarni rasmiylash-tirish talabiga javob beradigan bo‘lgach, rahbar unga o‘z xulosa-sini yozib beradi. Agar talabga javob bermasa, kamchiliklarini to‘g‘rilash uchun qaytariladi.
Bitiruv malakaviy ishi tayyor bo‘lgach, talaba xulosa yozish uchun ilmiy rahbarga beradi. Ilmiy rahbar unga xulosa (2-3 bet) yozib beradi.
Ilmiy rahbar xulosasi ishning rasmiy xarakteristikasi hi-soblanadi. Xulosada rahbar asosiy diqqatni talabaning ishida mavzu savollarini qanchalik chuqur o‘rganilgani, qo‘yilgan talab-larga javob bera olishi va himoyaga qo‘yilishi mumkinligiga qara-tishi kerak.
Rahbar ishning tayyorligiga amin bo‘lgach, ish kitob tarzida tikiladi.
Ish tashqi taqrizga beriladi. Olingan taqriz ijobiy bo‘lsa, rahbarning yozma xulosasi bilan birgalikda kafedra rahbariga topshiriladi. U taqrizni ko‘rib, ishni himoyaga qo‘yish yoki qo‘y-maslik masalasini hal qiladi.
Bitiruv malakaviy ishini himoyaga qo‘yish-qo‘ymaslik to‘g‘-risidagi masala talaba bilan birga kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va kafedra yig‘ilishi bayonnomasida tasdiqlanadi. O‘z vaqtida bitiruv malakaviy ishini tayyorlamagan talabalar himoyaga qo‘yilmaydi. Dastlabki himoyani muvaffaqiyatli o‘tkazgan talabaning ishi Yakuniy Davlat Attestatsiya komissiyasining yig‘ilishida umumiy himoya qilish uchun qo‘yiladi.
Bitiruvchi talaba himoya kuniga qadar Yakuniy Davlat At-testatsiya komissiyasi yig‘ilishiga nima sababdan aynan ana shu mavzuni tanlagani, uning dolzarbligi, ishning qisqacha mazmuni haqida 7-10 daqiqalik ma’ruza tayyorlaydi. Bitiruv malakaviy ish himoyasida tayyorlangan jadvallar, chizmalar va boshqalardan keng foydalanish ko‘zda tutiladi.
Ma’ruza jarayonida ishning mazmuni ochib beriladi, natija-lari ko‘rsatiladi. Qo‘yilgan savollarga javoblar beriladi.
Talaba BMIni himoyasini multimedia asosida taqdimot tay-yorlash tarzida o‘tkazishi ham mumkin.
Himoya davomida komissiya raisi va a’zolari bitiruv mala-kaviy ish yuzasidan, rahbarning xulosasi va taqriziga oid savol-lar ham berishlari mumkin. Talaba ularga aniq, puxta, ishonchli javob berishga tayyor bo‘lishi lozim.
Talaba tomonidan tayyorlangan bitiruv malakaviy ishi O‘zbekiston Respubikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazir-ligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy o‘quv yurtlarida baka-lavr bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo‘yiladigan talablar» asosida ishlab chiqilib, institut ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan, «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga ko‘ra quyidagicha baholanadi:
Bitiruvchi_____________________________________________




Download 94.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling