5- mavzu: O‘quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi roli
Mutaxassislar shakllanishida bitiruv malakaviy va kurs ishlarining ahamiyati
Download 71.15 Kb.
|
5 mavzu
3. Mutaxassislar shakllanishida bitiruv malakaviy va kurs ishlarining ahamiyati.
Bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning o‘quv jarayoni bitiruv malakaviy ishi yozish bilan yakunlanadi. Barcha ta’lim yo‘nalishdagi bitiruvchi kurs talabalari yakuniy bosqich jarayonida bitiruv malakaviy ishi yozib, «Bitiruv mala-kaviy ishlari (BMI) himoyasi bo‘yicha Yakuniy Davlat Attestatsiya (Y.D.A.) komissiyalari»da himoya qiladilar. Bitiruv malakaviy ishini bajarishda O‘zbekiston Res-pubikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bi-lan tasdiqlangan «Oliy o‘quv yurtlarida bakalavr bitiruv mala-kaviy ishini bajarishga qo‘yiladigan talablar»ga rioya qilinishi kerak. Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash talabalarda o‘rganayotgan muammoga iqtisodiy yondashish, ilmiy-metodik adabiyotlarni chuqur o‘rganish, har taraflama tahlil qilish ko‘nikmalarini rivoj-lantirish o‘z fikrini aniq, asosli mantiqiy izchillikda bayon qi-lish, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalar chiqarish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni o‘rganishga yo‘naltirilgan. «Kasb ta’limi» bakalavriat yo‘nalishi talabalari mutaxas-sislik -«Maxsus (iqtisodiy) fanlarni o‘qitish metodikasi» fani asosida bitiruv malakaviy ishlari yozadilar. Bitiruv malakaviy ish tadqiqot elementlari bilan amaliy masala muammolarni yechish, bilim va ko‘nikmalarini kengay-tirishga hamda o‘quv yurtini bitirgach, o‘qituvchi bo‘lib ishlashga tayyorgarliklari darajasini aniqlashga yordam beradi. Bitiruv malakaviy ishlarda quyidagi vazifalar bajariladi: - professional faoliyatning dolzarb masalalari mustaqil tadqiq etiladi; - o‘rganilayotgan masala, hodisalardagi yangi tendensiyalar aniqlanadi; - nazariy bilimlar mustahkamlanadi va rivojlantiriladi; - murakkab masala, savollarni tadqiqot elementlarini qo‘llab, yechimini topishga o‘rganiladi; - iqtisodiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda samarali dars o‘tish metodlari aniqlanadi; - o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha nazariy va amaliy dars o‘tish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Kasb ta’limi yo‘nalishidagi talaba-larga bitiruv malakaviy ishlarini ba-jarish anchagina murakkab, qiyin ish. Chunki ular o‘tiladigan fan bo‘yicha mavzuni chuqur bilishlari, har qanday savolga hozirjavob bo‘lishlari, fandagi yangiliklar, unga e’tibor beriladigan va hali o‘rganilishi, tadqiq etilishi zarur bo‘lgan masalalardan xabardor bo‘lishlari zarur. Hamda ana shu bilimlarni o‘rganish, qanday yo‘l bilan, qaysi metodlar yordamida talabalar ongiga yetkazish, puxta o‘zlashtirishlarini ta’minlash yo‘llarini ham o‘rganishlari va ularning barchasini bitiruv malakaviy ishda aks ettirishlari lozim. Bitiruv malakaviy ishda talabaning fanni nazariy jihatdan qay darajasida o‘zlashtirgani, nazariy umumlashtirishi, amaliy xulosalar chiqarishi, zarur axborotni qidirish, tanlash, ularni qayta ishlash va ma’lum tartibga solish, matnda ifodalashni uddasidan qay darajada chiqqani aks etadi. Bitiruv malakaviy ishga qo‘yiladigan asosiy talab - tadqiqot materiali mazmunining ilmiy jihatdan yuqori darajada asoslanganligi, ishonchliligi, obyektivliligini ta’minlashdir. Download 71.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling