5- mavzu: O‘quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi roli


«Aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi» mavzusida dars o‘tish metodikasi


Download 71.15 Kb.
bet10/19
Sana07.03.2023
Hajmi71.15 Kb.
#1244746
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
5 mavzu

«Aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi» mavzusida dars o‘tish metodikasi.
Reja:
Kirish
I bob. «Aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi» mav-zusida dars o‘tishning nazariy masalalari.
1.1. Aksiz solig‘ini soliq tizimida tutgan o‘rni va uni o‘r-ganishning maqsadi, vazifalari
1.2. Aksiz solig‘ining bazasini aniqlash va to‘lash tartibini o‘rganishning o‘ziga xos jihatlari
II bob. Mavzu bo‘yicha dars o‘tishda interaktiv metodlarni qo‘l-lash.
2.1. Dars o‘tishda interaktiv metodlarni qo‘llash zaruriyati.
2.2. Mavzuni o‘rganishda qo‘llaniladigan asosiy interaktiv metodlar.
III bob. Mavzu bo‘yicha dars o‘tish metodlarini tanlash va ular-ni takomillashtirish
3.1. Mavzu bo‘yicha dars o‘tishning samarali metodlarini tan-lash mezonlari
3.2. Dars o‘tishda interaktiv metodlarni qo‘llashning muam-molari.
3.3. Mavzu bo‘yicha dars o‘tish metodlarini takomillashtirish.
Xulosa va takliflar.
Adabiyotlar ro‘yxati.
Ish kamida olti paragrafdan iborat bo‘lishi, mavzu ikki yoki uch bobni qamrab olishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishida iqtisodiy hisob-kitoblar, jadval, diagramma, chizma, grafik va boshqalar keltirilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishi hajmi turli jadval, sxema, grafik, adabiyotlar ro‘yxatini hisobga olgan holda qo‘lyozma matni standart formada 70-75 bet bo‘ladi.
Sarvaraqdan so‘ng mundarija keltiriladi. Mundarijada ish-ning tarkibi bo‘yicha har bir bo‘lim, paragraflar betlari bilan ko‘rsatiladi.
Asosiy bo‘limlar mazmuni:
Kirish:
Kirishda tanlangan mavzuning ahamiyati, uning dolzarbligi, qisqacha mazmunini o‘rganilganlik darajasi, ishning maqsadi va vazifalari, tadqiqot obyekti, erishilgan natijalar va uning aha-miyati ko‘rsatiladi. Mazkur mavzuning mohiyatini ko‘rsatish bilan o‘tkaziladigan tadqiqotga qisqacha xarakteristika beriladi.
I bob. Bu bobda mavzu nazariy jihatdan asoslanib beriladi. Mavzuni o‘rganishdan qo‘yiladigan maqsad, o‘quvchi-talabalar mav-zuni o‘rganish natijasida qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak? Qanday masala, muammolarga diqqat qilish kerakligi nazariy ji-hatdan asoslab beriladi.
II bob. Bu qismda mavzu talabalarga qanday yetkazilishi, uning mazmunini anglab, puxta o‘zlashtirishlari uchun qanday metodlar tanlash lozimligi, metodlar dars berish shakllariga ko‘ra ma’-ruza, amaliy darsda qanday qo‘llanishi masalalari tadqiq eti-ladi. Avvalgi bobdan kelib chiqib, o‘rganilayotgan mavzuning qan-day alohida tomonlari bor, ularni qanday metodlar, vositalar yordamida o‘rganish mumkinligini asoslab beriladi.
III bobda dars o‘tishning samarali metodlari, vositalarini tanlash, ularni takomillashtirish yo‘llari yoritiladi. Bunda bi-tiruv oldi amaliyoti jarayonida turli metodlarni qo‘llab, olingan natijalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa.
Bitiruv malakaviy ishning xulosa qismida olib borilgan iz-lanishga yakun yasab, ishning mazmunidan kelib chiqqan holda xulosalar chiqariladi, hamda fanni, mavzuni puxta o‘zlashtirishni ta’minlash, o‘quvchi- talabalarni mustaqil fikrlash, taqqoslash, qaror qabul qilishga o‘rgatish nuqtai nazaridan dars berish metodlarini, o‘quv jarayonini tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi.
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanidan BMI yozish, boshqa mutaxassislik fanlaridan yozishga qaraganda ancha murakkab, sababi, birinchidan, talaba fanni, mavzuni chuqur bi-lishi, yangiliklardan xabardor bo‘lishi; ikkinchidan esa, ana shu mavzu savollarini dars jarayonida talabalar ongiga qanday metodlar yordamida yetkazishni ham uddalashi va uni bitiruv mala-kaviy ishda ifodalashi zarur.

Download 71.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling