5- sinflarda “Leksikalogiya” mavzusidagi bir soatlik ochiq dars ishlanma Toshkent – 2023 Sana


Download 267.76 Kb.
bet2/3
Sana19.04.2023
Hajmi267.76 Kb.
#1367411
1   2   3
Bog'liq
Ona tili.Leksikalogiya

2 daqiqa



Fan shiori: Zerikarli o‘tgan har bir dars behuda o‘tgan umrdir.
Dars shiori: Tingla, bajar, bo‘l chaqqon
Ajdodlardek bilimdon!
I. Tashkiliy qism:
a)Salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
c)ma’naviyat daqiqasini o‘tkazish;
d)o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O‘tilgan mavzularni takrorlash:
O‘tilgan mavzular tarqatma savollar orqali takrorlanadi.
1 .fonetika so'zining ma'nosi?
2. Fonetika va fonemaning farqi nimada?
3 .tilimizda nechta fonema bor?.
4.lotin alifbosidagi jarangli tovushlar miqdori va ular qaysialr?
5. Lotin alifbosidagi jarangsiz tovushlar soni va ular qaysilar?.
6. Hosil bo'lish usuliga ko'ra fonemalar?
7. Hosil bo'lish o'rniga ko'ra fonemalar.
O‘quvchilar tarqatma savollarga javobi va uy ishlari alohida baholanadi.


III. Yangi mavzu bayoni:
Yuqoridagi savollarga javob olingach o‘tilgan mavzular mustahkamlanib, yangi mavzuga bog‘lanadi.
Bilib oling: "leksikalogiya"-"yunoncha" lug'at tuzish ta'limoti.
Esda tuting: So'zlarning lug'at tarkibini o'rganuvchi bo'limga leksikologiya deyiladi.
253-mashq.
Qavs ichidagi so‘zlardan mosini tanlab, maqollarni to‘g‘rilab yozing. O‘zbek tilining so‘z boyligi bo‘yicha suhbatlashing.
1. (Qo‘li, mushti, bilagi) zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r – mingni. 2. Ilm –
(miya, bosh, aql) chirog‘i. 3. Uchishga qanot kerak, o‘qishga (sabot, toqat, qanoat) kerak. 4. (Chiroy, go‘zallik, husn) – ilm-u ma’rifatda.
255-mashq. Matnni o‘qing. Fitrat sanab o‘tgan uch xil yo‘l bilan yasalgan so‘zlarga misollar keltiring va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Abdurauf Fitrat “Adabiyot qoidalari” nomli asarida o‘zbek tili lug‘at boyligining taraqqiyoti masalasiga to‘xtalib, shunday yozadi: “Dunyo o‘zgarib turadir. Hayot kundan yangilashib boradir. Yuz yil burungi otabobolarimizning tushlariga ham kirmagan bir ko‘b hodisalar, narsalar maydonga chiqib turadir. Bular uchun yangi-yangi otlar taqash lozim bo‘ladir. Biz bularning otlarini yo yangidan yasaymiz (uchg‘ich, uyushma, boshqarma kabi), yoxud yotlardan olarmiz (elektrik, telefon, poyizd kabi), yo unutilib ketgan eski so‘zlarimizni yangidan tirgizamiz (qurultoy kabi). Shul uch yo‘l bilan tilimizga yangi so‘zlar kirgizishni qabul etmasak, tilimizni boyimoqdan to‘xtatgan bo‘lamiz.”.
256-mashq. Uyga vazifa. Omonilla Madayevning fi krla riga asoslanib, “Til – millat boyligi” mavzusida matn tuzing.Til millatning ma’naviy boyligi, g‘ururidir. Ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz kerak. So‘z ishlatishda o‘ta sinchkov, talabchan bo‘lishimiz darkor.

Download 267.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling