5 a 110301-Kimyo o’qitish metodikasi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/24
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1576529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti

 

 
 
 
 
 
 


II BOB. 
Korroziya turlari va umumiy tasnifi
Metall va uning qotishmalaridan tayyorlangan asbob-uskunalar, 
quvurlar, rezervuarlar va boshqa konstruksion materiallar ishlashlari
davomida korroziyalanib (zanglab,yemirilib ,parchalanib) xalq
xo’jaligiga katta zarar keltiradi .Masalan , AQSH ning neft- gaz sanoati
korroziya natijasida; 1975- yil 75 milliard dollar; 1984-yil esa 150
milliard dollar ziyon ko’rgan. Bunday misollarni ko’plab keltish 
mumkin. Respublikamiz mustaqilligidan keyingi sanoat tarmoqlarining
keng miqyosida rivojlanishi natijasida zamonaviy texnologiyalar usullari
jihozlar va uskunalar ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Jihoz va 
uskunalardan foydalanish davomida ularning ish qobiliyatini saqlash,
ishonchli ishlanishi ta’minlash uchun ularni korroziyadan himoya 
qilish dolzarb vazifalardan biridir . Ayniqsa atmosferaning har xil
korrozion- faol moddalar bilan umumiy ifloslanishi , hamda neft va 
gaz maxsulotlarini qazib olish, saqlash va transport qilishda ishlab 
beriladigan maxsulotlarning uziga xos xususiyatlari shu sohada
qullaniladigan jihozlarning korroziyabardoshliligini oshirishni talab 
qiladi. Korroziya - metallarning korrozion muxitlar bilan kimyoviy
yoki elektrokimyoviy o’zaro ta’siri natejasida yemirilish jarayonidir .
Korrozion muhit- metallarning korrozion jarayonlar sodir bulishiga
olib keladigan agressif atmosfera , kislotalar eritmalari , ishqorlar ,
tuzlar va boshqa muhitlardir . Ko’pgina metallar agressif muhitlar 
ta’sirida termodenamik noturg’un bo’lganligi uchun oksidlangan xolatda
utadi va yemiriladi . Metallarning korrozion jarayonlar kechishi
natejasida masalalari kamayadi , zaruriy texnologik xossalari; mexanik
mustahkamligi ; plastikligi ; qattiqligi kabi xossalari uzgaradi . Korroziya
detallarning va mexanizmlarning ish qobiliyatining pasayishi va va 
ishdan chiqishiga olib keluvchi asosiy yemiruvchi omillardan biri 
hisoblanadi . Korroziya natejasida yo’qotishlarni bevosita va bilvosita
usullarga bo’lish mumkin . Bevosita korroziyadan yo’qotishga
buymlarni himoyalash uchun qilinadigan sarf – xarajatlar va 
metallning ish qobiliyatini yuqotish natijasida tuliq ishdan chiqishi
hozirgi vaqtda yiliga 10- 15% ini tashkil etadi .
Bilvosita korroziyadan yuqotishga jihozlarning ish unumdorligi
kamayishi natijasida ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatida va 
xajmi kamayishi , hamda metallarning sarfining oshishi kiradi. Neft 
va gaz sanoatida korroziya natijasida ko’pgina jihozlarning ish
unumdorligini kamayishi va ishdan chiqishi kuzatiladi. Ayniqsa 


quvurlar, jumraklar va rezervuarlar shular jumlasidandir . Metallarning
korroziyaga qarshilik kursatish qobiliyati korroziyabardoshlik
deyiladi . Metall va ularning qotishmalari har xil haroratli
sharoitlarda va har xil tashqi muhitlarda turlicha korroziyabardoshlikka
ega buladi. SHuning uchun “ Korroziyaga qarshi ximoya “ fanning
asosiy maqsadi metal va qotishmalarining ichki va tashqi muhitlarga
bog’liq ravishda korroziyaga uchrashi va ulardan ximoyalanishi
usullarini tadbiq qilishni o’z oldiga maqsad qilib quyadi .
Korrziyaga qarshi himoya usullari konstruksion, texnologik
va foydalanish davridagi tadbirlarga bulinadi va uning usullari
korrozion eksperimental tadqiqotlar asosida ishlab chiqiladi.
Metalllar ularni qurshab turgan muhit ta’sirida har xil tezlikda 
yemiriladi. Bu yemirilishning asosiy sababi metal sirtining tashqi
muhit bilan kimyoviy o’zaro ta’siri natejasida o’z – o’zidan
yemirilishi korroziya deyiladi .(lot. Corrodere-o’z- o’zidan yemirilish )
Korrozion metall sirtida sodir buladigan reaksiyalar mexanizmga
ko’ra kimyoviy va elektrakimyoviy korroziyaga bo’linadi .
Kimyoviy korroziya metalning agressif muhit bilan o’zaro
kimyoviy ta’sirida sodir buladigan jarayonlar orqali kechadi .
Kimyoviy korroziyada metal sirti bilan suyuq yoki gazli 
muhitlarning kimyoviy geterogen reaksiyalari sodir bo’lib , natijaviy
elektr toki hosil bo’lishi kuzatilmaydi . Korroziya metall sirtiga quruq
gazlar va bug’lar ,. Suyuq elektrolitmaslar ( neft ------ va uning
maxsulotlari , spirtlar , mineral yog’lar , organik birikmalar )
ta’sida kuzatiladi. 
Elektrokimyoviy korroziya geterogen elektrokimyoviy reaksiyalar 
bo’lib , unga suvli eritmalarda , ham gazlarda , tuz va ishqoriy
eritmalarda sodir buladigan jarayonlar kiradi va
metallning muhit bilan uzaro ta’siri natijasida elektr toki hosil
bulishi kuzatiladi . Elektrokimyoviy korroziyani sodir bulishi
sharoiti , muhitning xossalariga va boshqa turlarga kura tasniflash
mumkin. Agressiv muhitlarning turlariga kura korrozion
jarayonlar atmosferaviy,Gazda , suyuqliklarda , tuproqda , adashgan
toklar ta’sirida , biologik korroziyalarga bulinadi Sodir bulish
sharoitiga kura kontakdagi ( har xil metallar birikishida ),oraliqdagi 
(ikkita metallar orasidagi bushlikda)va kuchlanish ta’siridagi korrozion
jarayonlar buladi.Korrozion jarayonlarning tashqi omillari ta’sirida 
korrozion 
yemirilish 
tavsifi,kenetika 
va 
mexanizmlari 
uzgaradi.Korroziyadan shikaslanishning tavsifi va ning hosil bulishi 


shariotlariga ko’ra umuiy ( tuliq ),mahalliy va tanlanma korroziyalarga 
bulinadi.
Umumiy korroziyada korroziya maxsulotlari metall sirtining barcha
qismlarini tekis yoki notekis kurinishda qoplaydi Mahalliy korroziya 
metall sirtining ipsimon,buylama ,alohida qismlarida dog’, donador 
,nuqta, va sirt ostiga qatlamida tarqalgan kurinishda sodir 
buladi.Tallanma korroziya -komponent- tallanma va struktura -
tallanma turlarga bulinib , ktistalitlararo va tig’simon kurinishlarda 
uchraydi .
Umumiy korroziya turlari. a- tekis korroziya ; b- notekius 
korroziya,.Mahalliy korroziya turlari a- dog’ ;b- yarasimon ; v- nuqtali g- 
sirt osti , d- ipsimon e- buylama
Tanlanma korroziya turlari ; a- kristalitlararo ; b- tig’simon
Agressiv muhitlarning va tashqi yoki qoldiq kuchlanishlarning
birgalikda ta’sirida - korrozion darz ketishi , uzgaruvchan kuchlanishlar
ta’sirida korrozion charchash xodisalari ruy beradi
Korrozion muhitlarning va o’zaro siljish yoki ishqalanishlarning
birgalikda ta’sirida natijasida metal sirtlari yemirilish korrozion
erroziya deyiladi .
Korrozion erroziya ishqalanishdagi korroziya va fretting - koziga xos
xususiyatlarga ega .
a) metallarning yemirilishi har doimo sirtdan boshlanadi ;
b) korroziya natijasida metal sirti tashqi kurinishlari uzgaradi .
v) korroziya natijasida metal oksidli yoki oksid gidratlari kurinishga
aylanadi.
g) korroziya sirtidan chuqurlikka qarab usishi mumkin .
Metallarning korroziya va mexanik omillari ( kuchlanish , deformasiya 
, ishqalanish va b) ta’sirida shikaslanishi korrozion - mexanik
shikaslanish deyiladi.
Tashqi omillar ta’sirida umumiy korroziya jarayonlari detallarni
ishlatilish sharoitida sodir bulishiga kura har xil turlar va 
kurinishlarga ega buladi .Bulardan keng tarqalgani
korrozion charchash , korrozion darz ketishi ishqalanishda sodir 
buladigan korroziyalardir. Korrozion charchash korrozion muhit va
siklik kuchlanishlar ta’sirida metal va qotishmalarning yemirilish
jarayoni natijasida yuzaga keladi . Korrozion charchashda darz hosil
bulishning asosiy turlaru quydagilar .
- korrozion muhitning faolligi .
- siklik kuchlanishlar ta’sir darajasi;


- vaqt birligida yuklanishning sikllar soni ;
- qotishmaning mustahkamligi va korroziyabardoshligi ;
Korrozion charchashning oldini olish uchun optimal tarkibli
legirlovchi elementlar bilan legirlangan pulatlar ishlatiladi . Korrozion 
darz ketish juda agressif muhitda statik chuzuvchi kuchlanishlar ta’siri
natejasida paydo bo’ladi . Korrozion darz ketishning quydagi
sabablarini keltirish mumkin .–boyitilgan qattiq eritmali fazalarning
ajralib chiqgan salbiy potensialli donalar chegarasining korroziya
bordoshliligi kamligi
Qotishmada muhitga nisbatan noturg’in strukturaviy tarkibining borligi
- struktura donalari chegarasida vodorodning ko’payishi natijasida
kristalitlararo mustahkamligining kamayishi . www. Qmii. Korrozion 
darz ketishiga qarshi materiallarni tanlashda albatta ekperimental
tadqiqot natijalariga asoslaniladi . Frekting – korroziya sird oksid
qatlamlarining davriy ravishda yemirilishi va qaytadan hosil
bulishidir. Fretig- korroziya kontaklarda sodir bulganligi uchun bu
jarayonni kuzatish qiyinroq kechadi . Yemirilish jarayoni tezligi nisbiy
kuchish sikllari soni va kuchish amplatudalariga bog’liqdir .Metall sirtiga
nisbatan katta tezlik bilan xarakatlanayotgan suyuqlik yoki gaz
oqimlari tezligi ta’siri tufayli erosion- kavitasion shkaslanish sodir buladi .
1.4.korroziyaga qarshi himoya usullari.Metall buyumlarning korroziyadan
shikaslanishi natijasida katta yuqotishlar bulayotganligi , korroziyaga 
qarshi ximoya usullarini ishlab chiqishni toqozo etadi . Korroziyadan
ximoya qilishning eng ko’p tarqalgan usullari buyumlar sirtida korrozion 
chidamli qatlamlar olishga qaratilgan. Bu usularga plastmassa,
kompozitsion polimer , lak buyoqli qoplamalar, emalli qoplamalar kiradi 
. Metall buyumlarni sirtini boshqa metall bilan qoplash usullari 
amaliyotda keng qullaniladi . Temir va uning qotishmalari rux,
qurg’oshin mis, xrom kabi metallar bilan qoplanadi . Bu qoplamalar
ishlatishda anodli va katodli turlarga bulinadi . Anodli qoplamalarda 
qoplama materiali yemirilib , asosiy metallni korroziyadan saqlab qoladi . 
Masalan Fe da Zn qoplamasi . Katodli qoplamalarda qoplamaning 
yemilishi natijasida yemirilish joylarida asosiy metallning korroziyasi 
sodir buladi . Masalan; Fe da Zn qoplamasi . Tabiy sharoitlarda metal 
sirtidan hosil buladigan yupqa qatlamlarning himoya ta’siri , ya’ni 
passiflanish jarayono ham metallarni korroziyadan saqlanishga katta 
yordam beradi. Kislotali muhitlardan metallarning korrozion yemirilish 
tezligini kamaytirish maqsadida ingibitorlardan foydalaniladi .
Pularlarning korrozion bardoshligini oshirish uchun legirlovchi


elimentlar qo’llaniladi . Legirlovchi eliment sifatida Cr , Ni elimentlari 
ishlatiladi . Zanglamas pulalatlardan 12…13 % Cr li , hamda 18% Cr 
va 8% Ni tarkibli xromnekel’ pulatlar keng kulamda ishlatiladi .
Pulatlarning korroziyaga bardoshligi oshirish uchun termik va kimyoviy 
– termik ishlov berish usulari , hamda sirt tozaligini oshirishning mexanik 
usullari qullaniladi . Shuningdek metallarni saqlashda mikroiqlim va 
ximoyalaovchi atmosferalar kabi ximoya usullari mavjud. Korroziyaga 
qarshi ximoya
usullarini tadqiqot qilish asosan quyidagi yo’nalishlarda olib 
borilmoqda ;
a) 
metallga ta’sir ; 
b) 
muhitga ta’sir ; 
c) 
kombinatsiyalashgan va kompleks himoya usullarini ishlab 
chiqish 
Sanoatda katodli himoya , protektorlar yordamida va boshqa turdagi 
elektrokimyoviy korroziyadan ximoyalish usullari qullanilishi keng
tarqalgan . Neft va gaz konlarida qullaniladigan quvurlar va rezevuarlar
neft – gaz –suv tizimi xossalariga bog’liq ravishda ichki korroziyaga va 
atrof muhit , atmosfera , tuproq va adashgan toklar ta’sirida tashqi 
korroziyaga uchraydi . Ichki korroziyadan ximoyalanish muhitga ta’sir 
qilinsa , tashqi korroziyadan ximoyalanish uchun esa metal sirtiga ta’sir 
qilinadi. Bu holda bir vaqtning uzida ikki tamonlama korroziyadan
ximoyalanish alohida-alohida usullarda olib boriladi. Neft –gaz - suv
tizimi tarkibida mexanik qushimchalar va noorganik moddalarning
bulishi muhitning korrozion faolligini oshiradi va bir vaqtning uzida
kimyoviy va elektrokimyoviy korrozion jarayonlarning kechishiga 
sabab. Shuning uchun muhitga stabilizator yoki ingibitorlarning
kiritilishi muhimdir. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling