5 Adabiyotlar taxlili


Download 82.19 Kb.
bet27/28
Sana15.03.2023
Hajmi82.19 Kb.
#1268820
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
chala yarim

Xulosa va takliflar
Pomidorning o‘zgacha hususiyati shundaki, uning tarkibida yod bo‘lganligi sababli u og‘ir xastalik hisoblanuvchi ateroskleroz, yurak kasalliklari, tinka qurish, bedarmonlik, kamqonlik, shuningdek semirib ketishga moyilligi bo‘lgan kishilarga shifokor tomonidan tavsiya qilinadi.
Umumiy sabzavot ekinlari maydoning yarmida pomidor yetishtiriladi. Qayta ishlangan sabzavot mahsulotlarining 80 foizini ham aynan pomidor tashkil etadi. 100 gr vazndagi ikkita pomidor mevasini istemol qilish kishining bir kunlik darmondoriga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.
Pomidordan xalq xo‘jaligida iste’mol qilinadigan 100 dan ortiq mahsulot tayyorlanadi. Uni yangiligicha, dimlab, qovurib, tuzlab iste’mol qilish mumkin. Boshqa sabzavotlar bilan qo‘shib turli hil salatlar tayyorlashda ham foydalaniladi.
Har kvadrat metrdagi ko‘chatlar 160-200 vattli lampalar bilan qo‘shimcha yorug‘lik sifatida 45-30 kun davomida sutkasiga 12-16 soatdan nurlantirilib turish va o‘chatlarni parvarishlashda harorat kunduzi 19-20°S daraja, tunda 15-1b°S darajada ushlab turish tavsiya etiladi.
Ekishda navga qarab ikki yo‘lli: (90-100) — (50-60) X 40-45 sm sxemasi qo‘llaniladi. Ko‘chatlar ekilgandan keyin bir necha kun o‘tgach, o‘simliklar kanopga tortib chiqiladi. Tuproq harorati ham katta ahamiyatga ega. U ildiz tizimining rivojlanishiga, suv va ozuqa moddalarning o‘zlashtirishiiga ta’sir ko‘rsatadi.
Pomidorning vegetasiya davrida har 15-20 kunda, jami 6-8 marta o‘simlik oraliqlari oziqlantiriladi. SO2 li ozuqaga ko‘proq e’tibor beriladi. Odatda, gaz berish sutkada 2 marta (erta tongda va kunning‘ ikkinchi yarmida) o‘tkazish tavsiya etiladi.
Biz aminmizki, oqilona ishlatilgan biologik va kimyoviy himoya vositalari yordamida zararlanadigan ekinlarni zararkunandalardan har taraflama samarali himoya qilsa bo‘ladi. Buning uchun, zararkunandalarining rivojlanishini yaxshi o‘rganib olib, unga qarshi kurashda barcha barqaror usul va vositalarni uzviy bog‘lab olib borish tavsiya etiladi.
Hozirgi paytda zarakunandalarga qarshi uyg‘unlashgan himoya kilish tizimi joriy etilib, uning asosiy vazifasi zararkunandani batamom kirib tashlash emas (buni bajarib ham bo‘lmaydi), balki uning zichligini xo‘jalik uchun bezarar darajagacha olib kelib qo‘yishdir. Buning uchun asosiy harakatni oldini olish va agrotexnik tadbir-choralarga yo‘llab, faol kurashish uchun birinchi gadda biologik usul, majbur bo‘lgan joylarda esa kimyoviy usulni ham ishlatish tavsiya etiladi.

Download 82.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling