5-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: sinov laboratoriyalarida sifatni ta’minlash mashg’ulot maqsadi


Hujjatlar va materiallarni saqlash


Download 30.3 Kb.
bet5/6
Sana26.03.2023
Hajmi30.3 Kb.
#1297228
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GXP asoslari FI 5-mavzu amaliy

1.5. Hujjatlar va materiallarni saqlash
Arxivda, belgilangan muddat mobaynida katalogga kiritilgan holda quyidagi hujjatlar va materiallar saqlanadi:
a) tadqiqot rejasi, birlamchi ma’lumotlar, sinaluvchi yoki standart ob’ektlarning namunalari, har bir tadqiqotning yakuniy hisobotlari;
b) sifatni ta’minlash dasturi bo‘yicha bajarilgan tekshiruvlar materiallari, hamda asosiy reja-chizma;
c) xodimlarni ma’lumoti, tayyorgarligi, malakasi va ish tajribasi haqidagi ma’lumotlar;
d) asbob-uskunalarni xizmati va kalibrovkasi bo‘yicha yozma hujjatlar va hisobotlar;
e) kompyuterlashtirilgan tizimlarni validatsiyasi bo‘yicha hujjatlar;
f) barcha standart operatsion protseduralarning tarixiy fayllari;
g) tashqi muhit va tadqiqot o‘tqaziladigan joylar parametrlarini monitoringi to‘g‘risidagi yozma hujjatlar. Agar materiallarni saqlash muddati belgilanmagan bo‘lsa, u holda tadqiqot materiallarini haqiqiy (doimiy) saqlanish joyi belgilangan va ro‘yhatga olingan bo‘ladi. Sinaluvchi va standart ob’ektlarni belgilangan saqlash muddatigacha yo‘q qilish sabablari tushintirilgan (izohlangan) bo‘lishi lozim. Tekshiriluvchi va standart ob’ektlar, sifati ularni ishlatish mumkin bo‘lgunga qadar saqlanadi (ob’ektlarni saqlash buyicha yo‘riqnomaga asoslangan holda).
Arxivdan foydalanish faqatgina sinov markazi rahbariyatini ruxsati bilan amalga oshiriladi. Agar arxiv joylashgan sinov markazi yoki tashkilot faoliyatini to‘xtatsa yoki bankrot deb e’lon qilinsa va huquqiy davomchisi bo‘lmasa, u holda arxiv materiallari tadqiqot(lar) homiy(lar)ini arxiviga topshiriladi.


Keys
Farmatsevtik ishlab chiqarish korxonasining sifatni ta’minlash bo‘lmiga tabletka olish uchun bir necha seriyadagi substansiya kelib tushdi.
Uning fizik kimyoviy xususiyatlarini o‘rganib, tahlil usullarini keltiring.
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1. Dori moddalarning sifatini baholang.
2. Dori moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rganing
3. Dori moddalarning kimyoviy formulalarini yozing
4. Dori moddalarning miqdorini aniqlang




Download 30.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling