5-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: sinov laboratoriyalarida sifatni ta’minlash mashg’ulot maqsadi


Download 30.3 Kb.
bet2/6
Sana26.03.2023
Hajmi30.3 Kb.
#1297228
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GXP asoslari FI 5-mavzu amaliy

1.2. Sifatni ta’minlash dasturi
Sinov markazi, unda o‘tkazilayotgan tadqiqotlar yaxshi laboratoriya amaliyoti prinsiplariga monand bo‘lishi uchun, hujjatlashtirilgan sifatni ta’minlash dasturiga ega bo‘lishi kerak.
Sifatni ta’minlash dasturini bajarishga, sinov markazi rahbariyati tomonidan belgilangan, bevosita unga hisobot beruvchi va tadqiqotlar uslublari bilan tanish bo‘lgan vakolatli shaxslar javob beradi. Sifatni ta’minlashga javobgar shaxslar, tadqiqotlar o‘tqazish uchun jalb etilmaydilar.
Sifatni ta’minlash bo‘yicha xodimlar quyidagi majburiyatlarga egadirlar:
a) sinov markazida qo‘llaniladigan barcha tasdiqlangan tadqiqot rejalari, standart operatsion protseduralar namunalari va shu vaqt mobaynida qo‘llanilayotgan asosiy reja-tizim nusxasiga ega bo‘lishi;
b) tadqiqot rejasi yaxshi laboratoriya amaliyoti prinsiplariga rioya qilinishi xaqidagi ma’lumotga egaligini tekshirishi lozim. Bu tekshirish hujjatlashtirilgan bo‘lishi;
c) tadqiqotga jalb qilingan xodimlar barcha o‘tkazilayotgan tadqiqotlarni yaxshi laboratoriya amaliyoti prinsiplariga asosan olib borayotgani, tadqiqot rejalariga va SOP ga ega ekanligi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirishi kerak.
Standart operatsion protseduralarga asosan sifatni ta’minlash dasturida keltirilgan uch turdagi inspeksion nazorat ko‘zda tutilgan:
- aloxida tadqiqotlar nazorati,
- sinov maydonchalarining nazorati,
- ayrim bosqichlarning nazorati.
Bunday inspeksion nazoratlarning protokol (hisobot)larini yuq qilish mumkin emas;
a) yakuniy hisobotlarni tekshirish; uslublar, jarayonlar, kuzatuvlar va olingan natijalar aniq va to‘liq bayon etilganligini va birlamchi tadqiqot natijalarini to‘liq aks ettirishini tasdiqlashi;
b) sinov markazi rahbariyatiga, tadqiqot raxbariga va ayrim hollarda boshqa rahbar xodimlarga o‘z vaqtida inspeksion tekshiruvlar natijalarini yozma holda taqdim etish;
c) sinov markazi rahbariyatiga, tadqiqot rahbariga va javobgar tadqiqotchiga inspeksion tekshiruv natijalari bo‘yicha tayyorlangan yakuniy hisobotga, inspeksion nazorat turi haqida tayyorlangan va imzolangan xulosa, u o‘tkazilgan sana, tekshiriluvchi tadqiqot bosqich(lar)i va inspeksiya natijalari taqdim etilgan sana kiritilishi kerak. Shu bilan birga bu xulosa, birlamchi tadqiqot natijalari yakuniy hisobatda to‘g‘ri ifoda etilganligi xaqida ma’lumotni aks ettirishi shart.
Tadqiqot o‘tqazish uchun mo‘ljallangan xonalar o‘lchami, tuzilishi va joylashishi tadqiqot maqsadlariga javob berishi lozim. Xonalarning joylashishi tadqiqot o‘tqazish jarayoniga minimal ta’sir etishi shart.
Xonalar shunday rejalashtirilgan bo‘lishi kerakki, turli ko‘rinish(tip)dagi tadqiqotlar bir-biridan maksimal ajratilgan holda o‘tkazilishi shart.
Sinov markazi qoshida resurslar va asbob-uskunalar uchun xonalar, shuningdek saqlash, sinaluvchi va standart (kontrol) ob’ektlarni qabul qilish va saqlash, sinaluvchi ob’ektlarni tashuvchi(erituvchi)lar bilan aralashtirish vaqtida ifloslanishlarni oldini olish uchun, sinov markazida alohida xonalar yoki zonalar bo‘lishi lozim.
Tadqiqot rejalari, birlamchi natijalar, yakuniy hisobotlar va namunalarni havfsiz saqlash va izlashga imkon beruvchi arxivlar uchun xonalar ko‘zda tutilagan bo‘ladi va bunday xonalarda arxiv materiallarini uzoq muddat saqlash uchun sharoitlar yaratiladi. chiqindilarni qayta ishlash va yo‘q qilish shunday amalga oshirilishi kerakki, bu ish tadqiqotlarni o‘tqazishga havf solmasligi va ular natijalarini noto‘g‘ri talqin etmasligi uchun chiqindilarni yig‘ish, saqlash va chiqarib tashlash, dezaktivatsiya qilish va keyingi tashish sharoitlari yaratiladi.
Ximikatlar, reaktivlar va eritmalar nomi, konsentratsiyasi, saqlash muddati sanasi va saqlash yo‘riqnomasi ko‘rsatilgan yorliqqa ega bo‘lishi kerak. Turg‘unligi, ishlab chiqarish vaqti, ishlab chiqarilgan joyi haqidagi ma’lumot bo‘lishi kerak. Saqlash muddatini uzaytirilishi hujjatlashtirilgan tekshiruv yoki taxlil asosida amalga oshiriladi.
Fizik va kimyoviy ko‘rsatkichlarni olish uchun ishlatiladigan asbob-uskunalarning texnik harakteristikalari va joylanishi tadqiqot maqsadlarini qondirishi kerak.

Download 30.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling