5-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: sinov laboratoriyalarida sifatni ta’minlash mashg’ulot maqsadi


Sinaluvchi va standart ob’ektlarni qabul qilish, ishlov berish, namunalarni tanlab olish va saqlash


Download 30.3 Kb.
bet3/6
Sana26.03.2023
Hajmi30.3 Kb.
#1297228
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GXP asoslari FI 5-mavzu amaliy

1.3. Sinaluvchi va standart ob’ektlarni qabul qilish, ishlov berish, namunalarni tanlab olish va saqlash
Tadqiqotlarni o‘tkazishda sinaluvchi va standart ob’ektlari harakteristikalari, olingan sanasi, saqlash muddati, boshlang‘ich miqdori va sarflangan miqdori hisobi ma’lumotlari ko‘rsatilgan, qayd qilish yozuvlari olib boriladi.Sinaluvchi va standart ob’ektlarga ishlov berish, namuna olish va saqlash sharoitlari shunday tashkil etilgan bo‘lishi kerakki, ularni bir xilligi, barqarorligi saqlanib, bu ob’ektlarning ifloslanishini va aralashib ketishining oldi olinishi lozim. Mazkur ob’ektlarni saqlash uchun mo‘ljallangan konteynerlarda identifikatsion ma’lumot, saqlash muddati va uni saqlash yo‘riqnomasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Har bir sinaluvchi va standart ob’ekt o‘rnatilgan tartibda identifikatsiyaga va umumiy qabul qilingan xalqaro nomga ega bo‘lishi (misol uchun, kodga ega bo‘lmog‘i kerak, CAS-nomeri (Amerika kimyo jamiyatining kimyoviy adabiyotlar bo‘yicha axborot xizmatining kayd etish raqami), nomi, biologik parametrlari, IUPAC (Xalqaro nazariy va amaliy kimyo birlashmasi nomenklaturasi bo‘yicha nomi), shuningdek ularning partiya (seriya) raqami, tozalik darajasi, tarkibi, konsentratsiyasi va boshqa zarur ko‘rsatkichlari haqida ma’lumotlar bo‘lishi shart.
Agar sinaluvchi ob’ektlar to‘g‘ridan to‘g‘ri xomiydan olinsa, unda sinov markazi va xomiy ularni identifikatsiya qilish mexanizmini ishlab chiqishi, ularning barqarorligini, tajribani olib borish davrida saqlash jarayonida, tekshirib turish zarur.1
Agar sinaluvchi ob’ekt ma’lum bir sharoitda ishlatish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, uni bir xilligi, konsentratsiyasi va turg‘unligi shu sharoitda aniqlanishi kerak. Dala sharoitida o‘tqaziladigan tajribalarda bu xususiyatlar alohida laboratoriya tajribalari vaqtida aniqlanadi.
Har bir tadqiqot uchun, qisqa muddatli tekshiruvlardan tashqari, tekshiriluvchi ob’ektlarning har bir partiya(seriya)sidan taxlil uchun namuna saqlab ko‘yish shart.
1.4. Standart operatsion jarayonlar
Tadqiqot jarayonlarida olingan natijalarni to‘liqliligini va sifatini kafolatlash uchun, sinov markazi yozma ravishda rasmiylashtirilgan va raxbariyat tamonidan tasdiqlangan standart operatsion protseduralar (SOP) ishlab chiqiladi va ular sinov markazining har bir bo‘limi va/yoki maydonchasi, ularning faoliyatiga tegishli hisoblanadi. SOP larga qo‘shimcha ravishda boshqa metodik qo‘llanmalar, axborotnomalar va maxsus maqolalardan foydalanish mumkin.
Tadqiqot davrida SOPdan chetlanish qayd qilinishi va tadqiqot rahbari va javobgar tadqiqotchi(lar) tomonidan tan olinishi(imzolanishi) shart.SOP lar quyidagi faoliyat ko‘rinishlari uchun qo‘llaniladi:

  • sinaluvchi va standart ob’ektlar (kelib tushishi, identifikatsiyasi, yorliqlash, qayta ishlash, namuna olish, saqlash);

  • asbob-uskunalar (-ishlatilishi, xizmat ko‘rsatilishi, parvarishlash, kalibrovka qilish; validatsiya, ishlash tartibi va xizmat ko‘rsatish, havfsizligi, uzgartirishlar nazorati, zaxira nusxalarni tashkil etish);

  • moddalar, reagentlar va eritmalar ( tayyorlanishi va yorliqlanishi).

Yozuvlarni saqlash, hisobot, axborotlarni olish va saqlash. Tadqiqotlarni kodlash, ma’lumotlarni yig‘ish, hisobotlarni tayyorlash, indeksatsiya qilish tizimlari, natijalarga ishlov berish, shu jumladan kompyuterlash tizimlari yordamida.
Sifatni ta’minlash bo‘yicha protseduralar sifatni ta’minlash xizmati xodimlarining ishi rejalashtirish, tekshiruvlar chizmasini tuzish, tekshiruvlarni o‘tkazish, hujjatlashtirish va tekshiruvlar haqidagi hisobotlarni tuzishdan iborat.

Download 30.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling