5-amaliy: Morfologik sath. Grammatik kategoriyalar. So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari. Reja


Download 176 Kb.
bet10/12
Sana10.11.2023
Hajmi176 Kb.
#1762186
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5-amaliy

Nisbat kategoriyasi. Nisbat qo‘shimchalarining ta’sir kuchi boshqa grammatik ko‘rsatkichlardan ancha ustun. Ammo bu ustunlik «yangi so‘z hosil bo‘ldi» deyish uchun etarli emas. Nisbatda so‘z yasovchilik imkoniga alohida e’tibor bilan qaragan tilshunoslarning hech birisi uni «so‘z yasovchi» kategoriyalar sirasiga o‘tkazib yubormaganligi ham fikrimizning dalili bo‘ladi. Nisbat kategoriyasi tahlilida har turli chalkashliklardan qochish niyatida bu atamadan saqlanish lozim. Nisbat ma’nosida lug‘aviy jihatning mavjudligi, to‘g‘rirog‘i, boshqa kategoriyalarga nisbatan kuchliligi (ya’ni lug‘aviy jihat boshqa grammatik-morfologik kategoriyalarda ham shubhasiz mavjud) uning ushbu jihatiga alohida e’tibor lozimligini ko‘rsatadi.
Lug‘aviy jihat ustunligi nisbat ko‘rsatkichlarida asosan ikki jihatdan namoyon bo‘ladi: birinchidan, nisbat qo‘shimchalari fe’l o‘zaklarga qo‘shilishda nomuntazamdir. Ya’ni muayyan qo‘shimcha ayrim fe’llarga qo‘shilishi, ayrimlariga qo‘shila olmasligi mumkii; ikkinchidan, o‘zak va hosila boshqaruvida farqli jihat ancha yorqin bo‘ladi.
Masalan, - (i) n, - (i) l (њzlik) nisbat qo‘shimchalari asosan ob’ektli fe’llarga qo‘shiladi. Ayrim (majhul) nisbat qo‘shimchalari asosan ob’ektli, ba’zan ob’ektsiz fe’llarga qo‘shila olgani holda, ayrim orttirma nisbat qo‘shimchalari bu xil chegaralashni bilmaydi.
Nisbatning odatda beshta shakli borligi aytib o‘tiladi: aniq (yoki bosh) nisbat, њzlik nisbat, orttirma nisbat, majhul nisbat, birgalik nis­bat. Bu shakllardan har biri bir nechtadan fonetik, uslubiy ko‘rinishlarga ega.
Aniqlik nisbat O - nol ko‘rsatkichli. Aniq nisbat fe’l asos ifodalayotgan harakat subyektining (grammatik) aniqligi va ob’ektining vositali (a) ham, vositasiz (b) ham bo‘la olishi bilan xarakterlanadi:
Majhul nisbat o‘zi qo‘shilayotgan fe’l asosni sub’ekt valentligidan mahrum qiladi. Natijada mantiqan ob’ektni bildiruvchi so‘z sub’ekt mavqeiga o‘tib qoladi: ma’muriyat tomonidan chiqarilgan buyruq bajarildi.
O‘zlik nisbat ko‘rsatkichlari shaklan majhul nisbat ko‘rsatkichlari bilan bir xil: -(i)l, -(i)n ... O‘zlik nisbat ham o‘timli fe’lni o‘timsizga aylantiradi. Ammo mohiyatan majhul nis­batdan farq qilib, sub’ekt ish-harakatni o‘z ustiga olishi bi­lan xarakterlanadi: Bola erkalandi. Gul ochildi.
Orttirma nisbat boshqa nisbatlardan, avvalo, o‘zining ko‘rsatkichlari kњpligi bilan farљ љiladi.
Orttirma nisbat shaklini quyidagi ko‘rsatkichlar hosil qiladi: - dir (-tir), - gaz (-giz, - kaz, - kiz), - t, - iz, - ir, - ar, - sat. Bu ko‘rsatkichlarning bir nechtasi birdaniga bir asosga qo‘shila oladi: qaytargiz, qarattir, tomizdir.
Birgalik daraja o‘timli va o‘timsiz fe’llarga birdek qo‘shilaveradi va fe’lda o‘timlilik nuqtai nazaridan hech qanday o‘zgarish yasalmaydi. Birgalik daraja ko‘rsatkichi - (i) sh qo‘shilganda ko‘plik (a), birgalik (sovmestnost) (b), o‘zarolik (v), shuningdek boshqa - navbatlashuv, yordamlashuv (g) kabi ma’nolar yuzaga chiqadi:. bular radioga, ya’ni gap zavodiga ketayotganini oldindan bilishgan... (A. Qahhor).

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling