5-amaliy: Morfologik sath. Grammatik kategoriyalar. So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari. Reja


Download 176 Kb.
bet7/12
Sana10.11.2023
Hajmi176 Kb.
#1762186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-amaliy

O‘rin kelishigi. O‘rin kelishigining ko‘rsatkichi -da. O‘K ning BK bilan o‘rin almashuvi JK va CHK dagi kabi juda kam uchraydi: Ayasi o‘sha qonli oqshom yashirincha darsga ketayotgan ekan (A. Qahhor). Men bir ming to‘qqiz yuz oltmish to‘qqizinchi yil tug‘ilganman. O‘K ning qo‘llanishi qiyos, sanash zarurati bilan yuzaga keladi. Biroq shu holat ham qat’iy va aniq emas. Bu xil o‘rinlarda ham O‘K ning o‘rnida BK bemalol kelaveradi. BK va O‘K (JK va I CHK ham) orasidagi shu xil munosabat, aftidan, bu kelishiklarning oppozitsion munosabatida semantik belgining sustligidan kelib chiqadi. (Quyida bu kelishiklarning oppozitsiya qatorlari tahlilida bu masala yorqinlashadi). Sintaktik belgiga ko‘ra ziddiyat ancha yorqin. SHu sababdan ham sintaktik belgilar reallashuvi zarur bo‘lgan holatlarda BK bilan O‘K orasida o‘rin almashuv chegaralanadi: Ammam kafshandozda o‘tirib maxsisini kiyayapti // *kafshandoz o‘ti rib... SHu bilan birga O‘K va BK ziddiyatida aynan semantik omil birlamchi bo‘lib qolgan holatlar ham uchraydi. Bu O‘K ning se­mantik xususiyatiga (mutlaq sintaktik xususiyatiga emas) ko‘ra egallagan pozitsiyalarida ko‘rinadi: Kattadan - kichik hamma dalada (O‘. Hoshimov) //* Kattadan - kichik hamma dala. O‘K dagi so‘z harakat holatning muayyan њrinlashuvini bildiradi. Qurshovchi matn xususiyatidan kelib chiqib makon, zamon, ob’ekt, vosita kabi ma’no tuslari reallashuvi mumkin: Hoy, kim bor?- dedi Nazakat xola yonboshida turgan tugunni echib (makon) (O‘. Hoshimov). O‘K gap tarkibida to‘ldiruvchi , hol , kesim pozitsiya­sida kelishi mumkin: Kerosin hidi anqib turgan paqirda suv olib keldi.
Son kategoriyasi. Ob’ektiv borliqdagi mikdor va uning lisoniy in’ikosi orasidagi doim ham oddiygina aks ettirish bilangina cheklanavermaydigan munosabatlar tilshunos uchun hamisha nihoyatda qiziqarli o‘rganish manbai bo‘lib kelgan O‘zbek tilshunosligida va umuman turkiyshunoslikda son kategoriyasining mazmuni tashkil etuvchi grammatik ma’no talqini uning ifodalanishi xususida quyidagicha fikrlarni ko‘rsatish mumkin:
[-lar] qo‘shimchasining ko‘plikni ifodalashi masalasida deyarli barcha turkiyshunoslar hamfikr, ammo nol ko‘rsatkichli [O] shakl borasida buni ko‘rolmaymiz. Ko‘p hollarda [O] shakl (yani morfologik ko‘rsatkichning yo‘qligi) birlik ma’nosining ifodalovchisi sifatida qaraladi. Ba’zi tadqiqotchilar esa [O] shakl na ko‘plik va na birlikni ifodalashini ta’kidlab, bu shaklning son kategoriyasi shakllari sirasida o‘rni borligiga shubha bildiradilar.
[O] shakl miqdoriy ma’no anglatish xususiyatidan mahrum bo‘lsa, uning miqdoriy ma’no anglatishi hech kimda shubha tug‘dirmaydigan [-lar] shakli bilan aynan bir xil qurshovda o‘rin almasha olish imkonini qanday tushunish mumkin? Masalan, «Askar o‘rab oldi o‘ngdanu so‘ldan» (Mirtemir) gapida mantiqan "askarlar" so‘z shakli ishlatilgani ma’qul bo‘lardi. Chunki qurshov tashkil etuvchi askarlar ko‘pchilik bo‘lishi shubhasiz. Miqdoriy befarq bo‘lgan so‘zshaklning qo‘llanishi bu erda, albatta, chigallik tug‘dirgan bo‘lur edi. Ammo [O] shaklning qo‘llanishi kommunikatsiyaning hech bir a’zosida tushunmovchilik tug‘dirmaydi va uni bemalol ko‘plik shakliga vazifadosh, ma’nodosh sifatida qabul qilaveradilar. [O] shaklni kategorial shakllar sirasidan chiqarish tarafdorlari u ifodalagan ma’no qurshovchi matndan kelib chaqayotganligini dalil qilib ko‘rsatadilar. Haqiqatdan ham, [O] shakl, to‘g‘rirog‘i, har qanday shakl GM sini aniqlash ma’lum qurshovchi matnni talab qiladi. A.V. Isachenko e’tiborni shunga jalb qiladi. Uningcha, GM « ...paradigmatik qurshovchi matnda aniqlanadi va bu holat bi­ron xil «tashqi moddiy hodisa» ning mavjud emasligini designator sifatida qo‘llash imkonini beradi».
[O] va [-lar] shakllari hozirgi o‘zbek, tilidagi miqdor ang­latish uchun xoslangan shakllardir. Bu fikr mutlaqo ularda yana boshqa ma’nolarning qorishiq (sintezlashgan) yoki hamroh bo‘la olishini, shuningdek, miqdoriy ma’nolar ulardan boshqa kategorial qo‘shimchalar, xususan, egalik, shaxs-son qo‘shimchalari kabilar bilan ham ifodalanishini rad etmaydi. Lekin yuqoridagi ikki shakl va ular ifodalagan GM miqdor va sifat ifodalash uchun maxsus xoslangan kategoriya—son kategoriyasini tashkil etadi.

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling