5-amaliy: Morfologik sath. Grammatik kategoriyalar. So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari. Reja
Download 176 Kb.
|
5-amaliy
Kesimlik kategoriyasi. Kesim gap bo‘lagi sifatida dunyodagi barcha tillarning sintaktik sistemasida alohida o‘rin tutadi. Uning mavqei turkiy tillarda, ayniqsa, ustun. O‘zbek tilida gapning barcha boshqa bo‘laklari bevosita yoki bilvosita kesimga tortiladi. Bundan tashqari, predikatsiyaning morfologik belgilari ham odatda kesim tarkibida bo‘ladi. Biz aynan ana shu morfologik belgilarga to‘xtalmoqchimiz.
Mayl, zamon, shaxs va son, bo‘lishli-bo‘lishsizlik ma’nolarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘zbek tilshunosligida to‘rt kategoriyaga birlashtirish va bu to‘rt kategoriyani fe’lga nisbat berish an’anaga aylangan, chunki yuqoridagi ma’nolarni ifodalovchi shakllar fe’lda juda keng rivojlangan bo‘lib, bir qarashda ularni fe’lga bog‘lash hech qanday munozaraga o‘rin qoldirmaydiganga o‘xshaydi. Ammo shunday holatlar ham mavjudki, fe’l bo‘lmagan so‘zlar ham ushbu ko‘rsatkichlar bilan shakllana oladi, shakllana oladigina emas, bunday shakllanuv zaruriy va qonuniy ham bo‘ladi. Masalan, qiyoslang: Men ishlayman // Men ishchiman Fe’llarda mayl, zamon, shaxs va son, tasdiq-inkor ma’nolarini ifodalashga xizmat qiladigan shakllarning o‘ta keng rivojlanganligining sababi shundaki, kesim juda ko‘p hollarda fe’l bilan ifodalanadi va, ikkinchidan, fe’lning harakat-holat, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish bilan aloqador bo‘lgan lug‘aviy ma’nosi zamon, ya’ni tildan tashqarida bo‘lgan (ekstralingvistik) nutq momenti, harakat yoki holatning tildan tashqarida bo‘lgan voqelikka munosabati hamda harakat bajaruvchisiga aloqalari bilan uzviy bog‘langandir. Mayl, zamon, shaxs-son, tasdiq-inkor (bo‘lishli-bo‘lishsizlik) ko‘rsatkichlari fe’lgagina emas, kesim vazifasini o‘tashga potensial xoslangan har qanday so‘zga mansub ekan. Bu shakllar kesimni shakllantirishning morfologik jihati bo‘lib, so‘zning kesim pozitsiyasini egallashida vositalardan biridir. So‘zning kesim darajasiga ko‘tarilishida qator boshqa vositalarning ham mavjudligi talab etiladi. Xususan, pozitsiya, gapning boshqa bo‘laklari bilan munosabat... kabi. Bu ko‘rsatkichlarning gap kesimini shakllantirishdek yagona vazifa atrofida birlashishi ularni bitta kategoriyaga jamlash fikrini yuzaga keltiradi. Download 176 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling