5-amaliy: Morfologik sath. Grammatik kategoriyalar. So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari. Reja
Download 176 Kb.
|
5-amaliy
Egalik kategoriyasi. Bu morfologik kategoriyaning asosiy ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilar sanaladi: - m, - miz; - ng, - ngiz,- nglar, - laring; - i, - lari. O‘zakning fonetik qurilishi tabiatidan kelib chiquvchi ko‘rinishlarni alohida-alohida affiks emas, bir invariant variantlari sifatida baholab, quyida shartli ravishda u invariantni [- (i) m], [- (i) miz], [-(i) ng], [-(i) ngiz], [-(s) i] tarzida belgilaymiz.
Egalik affiksi tarkibida ko‘rsatiluvchilar esa ega shaxs haqida emas, balki egalik qilinayotgan narsa haqida ma’lumot tashigani, shu narsalarning ko‘pligiga ishora qilganligi tufayli ham u ni bu kategoriya bilan bog‘lab bo‘lmaydi. Masalan,... Antey kuchni erdan oladi, Said Ahmad... ularning maqtovlaridan (N. Fozilov). Egalik qo‘shimchalari asosiy egalik, butun - qismlik va hokazo ma’nolardan tashqari shaxs-son va modal ma’nolar ham tashiydi. YUqorida ko‘rib o‘tganimizdek, ayrim egalik qo‘shimchalarining xususiy qo‘llanishlari bir qarashda modal ma’no ifodalashda muntazamdek tuyulsada, aslida bunday emas. I shaxc birlik va SH shaxc qo‘shimchalari umuman modal ma’no ifodalamaydi. I shaxs ko‘plik nomuntazam modal ma’nolar ifodalash imkoniga ega. Modal ma’no ifodalash faqat II shaxs birlik va ko‘plik shakllarida nisbatan izchil bo‘lib, bu ayniqsa II shaxs ko‘plikda yaqqolroq seziladi. Egalik qo‘shimchalarining xususiy qo‘llanishlariga nazar tashlash ularda nisbatlash, butun - qism, shaxs, son (egadorning shaxsi va soni) kabi ma’nolar muntazam yuzaga chiqishini ko‘rsatdi (III xil ho‘llanishni mustasno qilganda), shuningdek, egalik qo‘shimchalari doimo «oldingiga» aloqadorlikka ishora qiladi (=1 xil qo‘llanishni mustasno qilganda). Bu vazifa va ma’nolar ayrim qo‘shimchalar uchun quyidagicha taqsimlanadi: -(i) m birlikdagi I shaxsga nisbatlash, «oldingi ga bog‘lash. -(i) miz ko‘plikdagi I shaxsga nisbatlash, «oldingi» ga bog‘lash. -(i) ng birlikdagi II shaxsga nisbatlash, «oldingi» ga bog‘lash. -(i) ngiz ko‘plikdagi II shaxsga nisbatlash, «oldingi» ga bog‘lash. -(s)i ga baho berish yuqoridagi shakllarga nisbatan ancha mushkul. Ivanov S.N. -(s) i («III shaxs affiksi» atamasini ishlatgan) ning o‘ziga xos tabiatli ekanligiga alohida e’tibor bergan va buning uch jihatini ko‘rsatgan: birinchidan, bu qo‘shimcha shaxsga ham, predmetga ham birdek nisbatlayveradi; ikkinchidan, son ma’nosiga befarq (neytral); uchinchidan, unda I shaxs va II shaxs bilan umuman bog‘lanmaydigan holat ham uchraydi (o‘qish kitobi, mart oyi). Shuningdek, - (s) i da o‘zi qo‘shilgan so‘z tarkibida qotib, yangi leksema hosil qilish imkoniyati boshqa egalik qo‘shimchalariga nisbatan kuchliroq: kechasi, mayli, chamasi, yaxshisi, nimasi kabilar. Download 176 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling