5-amaliy: Morfologik sath. Grammatik kategoriyalar. So‘zlarni turkumlarga ajratish tamoyillari. Reja


Download 176 Kb.
bet9/12
Sana10.11.2023
Hajmi176 Kb.
#1762186
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5-amaliy

Shaxs-son kategoriyasi. Shaxs va son ma’nosini ifodalash imkoniga ega birliklar o‘zbek tilida bir qancha bo‘lib, ular nogomogen tabiatlidir: shaxs olmoshlari, ayrim mayl ko‘rsatkichlari, kesimlik shakllari shular jumlasidandir. Bu ko‘rsatkichlar shaxs va son (yoki boshqa) ma’noni ifodalashda birgalikda, shuningdek, yakka amal qila oladi.
Shaxs-son kategoriyasi shakllari quyidagicha ziddiyatlar tizimini hosil qiladi: shaxs ma’nosini ifodalashga ko‘ra katego­riya shakllari uch guruhga birlashib, o‘zaro ekvipolent ziddiyatga kirishadi. -man, -miz, -m, -k I shaxs ifodalaydi, -san, -siz, -ng, -ngiz P shaxs ifodalaydi, O SH shaxs ifodalaydi.
Son ifodalashda ham ekvipolent ziddiyat yuzaga keladi. Ammo bu ziddiyatga shakllar ikki guruhga bo‘linib kirishadi: -man, -san, -O, -m, -ng birlik ifodalasa, -miz, -siz, -k, -ngiz ko‘plik ifodalaydi.
O birlik ham, ko‘plik ham ifodalovchi shakl sifatida faqat birlik ifodalovchilar bilan birlik ifodalash, faqat ko‘plik ifodalovchilar bilan ko‘plik ifodalash belgisiga ko‘ra qisman (privativ) ziddiyat hosil qiladi. Bunda O har ikki ziddiyatning ham kuchsiz a’zosi bo‘ladi.
Mayl-zamon, shaxsiy munosabat ifodalash ushbu shakllar uchun kategorial belgi emas. Xususan, mayl-zamon ma’nosi yuzaga chiqishi uchun fe’l bo‘lmagan so‘zlar (nomlar) tarkibida kelishi shart. Shuningdek, mayl-zamonning faqat bir qismi (harakatning hozirgi kelasi zamonda real amali) yuzaga chiqadi. Masalan, -Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz? Aytganingizman (Xalq oђzaki ijodidan). Demak, shaxs-son kategoriyasining mohiyatida semantik jihatni shaxs va son ifodalash, sintaktik jihatni gap kesimini shakllantiriщda qatnashish tashkil qiladi.
Mayl-zamon kategoriyasi. Fe’lga xos bo‘lgan muayyan shakllar borki, ular fe’lni ma’lum bir - ib, -a, -y, -gach, -guncha, -gani ravishga xos (harakatning belgisini ko‘rsatish) (a) -(i)sh, -(u)v, moq otga xos (predmetni bildirish) , -gan, -(a)r sifatga xos (predmet belgisini bildirish) vazifalarga xoslaydi O‘lguncha birgamiz... qasamlar ichdik.... Uzib olib qarasam qurt tushgan ekan... (M.Yusuf).
Shunga ko‘ra ularni odatda uch guruhga: sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, ba’zida to‘rt guruhga, ismi foillarni ham qo‘shgan holda, ajratadilar. Ammo har qanday holatda ham bular sњz yasovchi emas, fe’lning muayyan shakli ekanligi qayd etib o‘tiladi. Bundan tashqari bu xil qo‘shimchalar o‘zlari qo‘shilgan fe’lning fe’lni so‘z turkumi sifatida xarakterlovchi kategoriya nisbatda o‘zgarishini chegaralamaydi. Demak, ular so‘z yasovchi­lar emas. Ularning tabiatini belgilashda uch xil qarashni ajratish mumkin:

  1. Ular kategorial, funksional shakllar.

  2. Bu shakllarning har bir guruhi alohida kategoriya.

  3. Ular bir umumiy kategoriyaga birlashadi. Ushbu shakllar nomlanishida ham turlicha: nokategorial shakllar, funksional shakllar, reprezentatsiya kategoriyasi, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kategoriyasi, o‘zgalovchi kategoriyasi kabi atamalar ishlatiladi. Biz masala mohiyatini to‘laroq aks ettirgani, bu shakllar « ... umumiy belgisi fe’llarni o‘zgalash bo‘lganligi tufayli...» o‘zgalovchi kategoriyasi atamasini ma’qul topdik.

Ma’lumki, morfologik kategoriyaning umumiy grammatik ma’nosi shu kategoriya a’zolari tomonidan parchalanib ifoda etiladi.
Fe’lning funksional shakllarida bu xususiyat qanday namoyon bo‘ladi? Ularning kategoriya ekanligi shubhasiz. Zero, kategoriyadan tashqarida hayot yo‘q. Ammo qanday kategoriya?
Har bir shakllar guruhi alohida kategoriyami, yoki hammasi birgalikda yagona kategoriyami ekanligini aniqlash uchun shakllarning o‘zaro munosabatlariga nazar solsak.
Ravishdosh o‘z ichiga quyidagi shakllarni oladi: -i (b), -a, -gach, -guncha, -ganda, -gani. -i (b) davomli va davomsiz harakatni fe’l bilan bog‘laydi .
Seni qanday suyib erkalay endi? (M.Yusuf) Muyassar shosha-pisha unga kechasi o‘ylagan o‘ylarini gapira boshlagan edi,... (O. Yoqubov).
Bu shakllarning bo‘lishsiz shakllari (-may, -magach, -maguncha) ma’nosida bo‘lishsizlikdan tashqari ravishdosh mohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi biror farqli jihat yo‘q.
Harakat nomlarini quyidagi qo‘shimchalar hosil qiladi:-(i)sh, -(u)v, -moq. Bu qo‘shimchalarning ma’no jihatdan biror farqli tomonini ko‘rsatish qiyin. Mavjud farqlar asosan uslubga oid. - (i) sh qolgan qo‘shimchalarga nisbatan keng qo‘llaniladi. U ham, - (u) v, - moq qo‘shimchalari ham, shu qo‘shimchalarning bo‘lishsizlik shakli bo‘lgan - maslik ham fe’lga otga xos bo‘lgan ma’no berish vazifasini bajaradi. Ma’no ifodalashda aytarli farq bo‘lmasada, -(u)v, -moq qo‘shimchalari nisbatan ancha kam qo‘llaniladi. Harakat nomlarida fe’l uchun xos bo‘lgan protsessuallik belgisi o‘zgalovchining boshqa shakllariga nisbatan ancha kam: Qiziq, nega endi engilish uchun kurashish kerak? Cho‘qqiga chiqayotgan odam yiqilishni niyat qilmaydi-ku! (O‘. Hoshimov)
Harakat nomlari kelishik, egalik, son kabi kategoriyalar ko‘rsatkichlarini qabul qilishda juda katta imkoniyatga ega. So‘z birikmasi yoki gap tarkibida egallagan pozitsiyasi talabiga ko‘ra bu xil ko‘rsatkichlarni hech qanday chegarasiz qabul qilaveradi: Jo‘n narsalarni bilib olishga murakkab yo‘l bilan erishadi kishi (A Qahhor). Shu xususiyat kuchliligi tufayli harakat nomlari so‘zlarni bir-biriga bog‘lashda bevosita ishtirok etmaydi.
Harakat nomlari shakllari fe’llarga otga xos bo‘lgan ma’noviy xususiyatlarni berishda o‘zgalovchilarning boshqa shakllari ravish yoki sifatga xos ma’noviy xu­susiyatlarni berishiga nisbatan ancha ustundir. Odatda, fe’llarda izchil ifodalanuvchi zamon ma’nosi ham harakat nomlarida sezilmaydi.
Sifatdoshlar quyidagi qo‘shimchalar bilan hosil qilinadi: - gan, - (a) r, (u)vchi. Ayrim tadqiqotchilar -(a) r, -(u)vchi qo‘shimchalarini, ismi foil (faoliyat egasi nomi) ekanligi tufayli, sifatdoshlar sirasida ko‘rsatmaydilar. Ammo ularning amaliyot doirasiga nazar tashlansa, sifatdoshlar qatorida ko‘rish mumkinligi ochiladi. -(a) r ham, -(u)vchi ham, darhaqiqat, o‘zgalovchining boshqa shakllariga nisbatan so‘z yasovchilarga nihoyatda yaqinlashadi. Shunday so‘zlar mavjudki, ularning aynan shu xil vazifa bajarish uchun xoslangani ko‘rinadi: oqar (suv), qaynar (buloq), otboqar, kungaboqar. Demak, sifatdoshlarni gan, -(u)vchi, -(a)r shakllari hosil qiladi. Bu shakllarning barchasiga fe’lni sifatga o‘xshash belgilarga ega qilish xos. Sifatdoshlarda sifatga xoslik predmet belgisini ifodalashida ko‘rinsa, fe’lga xoslik bu belgining harakat holat jihatidan ekanligida ko‘rinadi. Fe’l sifatdosh shakli qo‘shilishi bilan nisbat shakllarini olib o‘zgarishdek turkumiy xususiyatini yuqotmaydi, shuningdek, zamon ma’nosi, davomiylik, turg‘unlik kabi ma’no tuslari ham ifodalanaveradi. -gan hozirgi o‘zbek tilida eng ko‘p qo‘llanuvchi sifatdosh shaklidir. Unda zamon ifodalash, boshqa xil ma’no turlarini ko‘rsatish imkoni ham boshqa shakllarga nisbatan keng. -gan -li sifatdosh ifodalagan zamon ma’nosi u qo‘shilayotgan fe’ldagi zamon ko‘rsatkichlariga, shu fe’lning ma’no xususiyatlariga, matnga bog‘liq bo‘ladi. Sifatdosh o‘tgan zamon ifodalaydi:... zavod uchun sement olgan keksa bir ishchi ... (A. Qahhor).
-(a) r - gan ga nisbatan ancha kam qo‘llaniladi. -(a)r ga hozirgi kelasi zamon ma’nosini ifodalash xos: Madadkoring bormi, yo‘qmi, Yovni engar kuching bor (Laylo). Endi kelar kunlaringizman (Laylo).
Yuqoridagilardan tashqari - rlik, - glik, - gulik, - jak kabi shakllar ham mavjud bo‘lib (yasatig‘lik xona, aytgulik gap, qolajak iz), ularning qo‘llanish doirasi juda chegaralanganligi, protsessuallikka xos belgilarning sustligi, ko‘rib o‘tilgan shakllardan farqli alohida ma’no xususiyatlariga ega emasligi tufayli sifatdoshning to‘laqonli shakli sifatida tahlil etish qiyin. Sifatdoshning inkor shakli -mas ham mohiyatan ko‘rib o‘til­gan shakllardan faqat inkor ma’nosi mavjudligi bilan farq qiladi. Xulosa qilib aytganda, ko‘rib o‘tilgan shakllarning barchasi fe’lga sifatga xos xususiyatlar berish - predmet belgisini ifodalashga xoslash vazifasini bajarib, o‘zaro farqlovchi belgilar zamon, uslub, modallikka oiddir. Ular alohida shak­llar emas, yagona sifatdosh shakli variantlaridir. Sifatdosh fe’lni otga bog‘laydi: keluvchi mehmon, pishgan osh, aytar so‘z, shaharga eltadigan yo‘l...
Xulosa qilib aytganda, o‘zgalovchi kategoriyasining 3 shakli ravishdosh, harakat nomi, sifatdosh mavjud. Ќar uchala shaklga fe’lni o‘zgalash unga boshqa bir turkum xususiyatlarini berish xos. Demak, ular bir xil vazifa bajaradi. Ammo farqli jihatlari ham mavjud bo‘lib bu turlicha turkumlarga xoslashlarida ko‘rinadi. Boshqacha qilib aytganda, bu shakllar bir umumiy grammatik ma’noning ayrim qismlarini ifoda­laydi. Shunga ko‘ra ularni bir kategoriyaga jamlash mumkin.

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling