5-bob. Neft- gaz konlarining zahiralari va ularning energetik sharoitlari
Uyumlarni ishlatish jarayonida er ostini
Download 1.57 Mb.
|
5-bob kitobcha
13.3. Uyumlarni ishlatish jarayonida er ostini
himoya qilish Foydali qazilmalarni chiqarish jarayonida er ostini himoya qilish qonun bg’iicha tasdiqlangan va quyidagilarni ta’minlashni taqozo etadi: er osti boyliklarini chiqarishda oqilona va foydali usullarni taqozo etgan holda ular bilan birga va sanoat ahamiyatiga molik bo’lgan qo’shimcha mahsulotlarning ham chiqarilishini ta’minlashni amalga oshirmog’i lozim, undan tashqari me’yordan ortiq nobudgarchilikka yg’l qg’ymaslik taqozo etiladi, yana bu jarayonda mahsuldor qismlarni ishga solib, natijada kam mahsuldor maydonlarning qolib ketishi kabi nobudgarchilikka aslo yg’l qg’yib bg’lmaydi. Qazib chiqarish jarayonida konni razvedka qilishni davom ettirish va boshqa vazifalar ham g’z yg’rig’i bilan olib borilishi lozim, undan tashqari qazilma boylik zahiralarini va mumkin bg’lgan yg’qotish kg’lamini ham chamalab berish tavsiya etiladi. Biror konni qazib chiqarish jarayonida uning yonida joylashgan konni qazib chiqarish ishlarini bajarishda qiyinchilik va murakkabliklar kelib chiqishiga olib kelmaslik lozim, yana er bag’ridagi qg’shimcha foydali qazilmalarning ishdan chiqishiga yg’l qg’ymaslik darkor. Foydali qazilma bilan birgalikda chiqayotgan va xalq xo’jaligi uchun foydali bg’lishi mumkin bg’lgan qg’shimcha mahsulot yoki sanoat chiqindisi hisobga olinmog’i va uni ishlatish yg’llari izlanmog’i lozim. Neft va gaz zaxiralarini tg’laligicha ishlatolmaslik asosan ularning tuzilishini g’rganish va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash sharoitida yg’l qg’yilgan kamchiliklardan kelib chiqadi. Qabul qilingan loyihaning texnik va geologik strukturasining aynan g’xshashligini (adekvatligi) ta’minlash mumkin bg’lgan ma’lumotlarning taqchilligi qazib chiqarish sharoitlarini tanlashda yanglishishlarga olib keladi, natijada uyumlarni ishlatish rejimi notg’g’ri tanlanadi va shu kabi holatlarga olib kelishi mumkin. Neft bilan birga chiqqan suvlarni tanlashni tg’g’ri tashkil qilolmaslik (ayniqsa, ularni qatlamlarga haydash), konda kommunikatsion qurilish-larni tg’g’ri va o’rinli ishlatish ham kg’p jihatdan ishning natijasiga muayyan ta’sir etadi. Loyiha komponentlarining texnik va geologik struktu-rasining aynanligini qazib chiqarish rejalari va loyihalar bilan taminlanishi lozim bg’ladi. Amalda esa konni razvedka qilish va qazib chiqarish ishlarini tahlil qilish natijasida er osti boyliklarini muhofaza qilish amalga oshiriladi. Bunda albatta ma’lum miqdordagi axborotlarning sifati katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlar aniqligi va qazib chiqarish sharoitlarining tartibli kuzatilishi natijasida er ostidagi zahiralarni chiqarish va ularning holati tg’g’risida asosli fikrlash holati yuzaga keladi. Bular ayniqsa, qatlamning neft beruvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida qg’llanishi mumkin bg’lgan yangi uslublar ishlatilishida katta ahamiyat kasb etadi. Bunda albatta qatlam uchun yod bg’lgan ba’zi kimyoviy moddalarning unga qanchalik ta’sir etish holatlariga alohida e’tibor berish taqozo etiladi. SHuning uchun ham barcha qilinishi lozim bg’lgan ishlar qazib chiqarishni oqilona ijro etish nuqtai-nazaridan kelib chiqishligini unutmaslik va g’shanga izchil qaratilmog’i lozimdir. Albatta bular orasida er ostini himoya qilish masalasi katta g’rin tutadi. Er ostini burg’ulash jarayonida har xil hodisalar (bevaqt ''ochiq favvora", qatlamlarning ochilmasdan qolishi va sh.k.) sodir bg’lmasligi uchun kon kesimi oxirgi qatlamigacha e’tibor bilan qaziladi va birinchi galda eng ostki qatlamlarni g’zlashtiriladi va bu ishlarni bajarish jarayonida hamma ehtiyot choralari kg’riladi. Bir qancha qatlamlarni bir qavat shaklida ishlatish jarayonida ularning biror joyda biridan ikkinchisiga suyuqlik oqib g’tishi mumkin bg’lgan joylarini aniqlanadi, agar shunday holat bg’lishi kuzatilsa qazib chiqarishning dastlabki davridayoq uni diqqat bilan nazorat qilish taqozo etiladi. YAxshi g’tkazuvchanlik xususiyatiga ega bg’lgan konlarni qazib chiqarishda ularning g’sha konlarga ta’sirini diqqat bilan g’rganish, lozim bg’lgan hollarda bu jarayonning umumiy maqsadga zid bg’lmaslik hollarini ta’minlash taqozo etiladi. Bunda neftni nobud qilish hollari albatta cheklanishi lozim. Neft bilan birga gaz bg’lgan holatlarda gazni beshafqat ishlatish uning bosimini kamaytiradi va neft gaz tomonga siljib, quruq qatlamlarga shimilib ketadi hamda kg’plab neft nobud bg’lishi mumkin. SHuning uchun bunday konlarni qazib chiqarish jarayoni gidrodinamik kuzatishlar bilan birgalikda va izchil olib borilishi lozim. Maqsad neft va gazning nobud bg’lishligining xar qanday yg’llarini oldini olishdan iboratdir. Qatlam sharoitida ishlatish jarayoni davom etayotganda uglevodorodlarning fazali g’zgarishi sodir bg’lishi (bosim va xaroratning g’zgarishi natijasida) maqsadga muvofiq emas, Aksariyat bunday hollar gazkondensat konlarini ishlatish jarayonlarida yuz berib, qatlamda va quduq tubida gaz tarkibi-dan yuqori molekulali uglevodorodlarning kondensat sifatida ajralib chiqishi va quruq qumlarga shimilib ketishi, natijada qimmatli mahsulotning mutlaqo yg’qolib ketishi aslo yg’l qg’yib bg’lmaydigan hodisadir. Bunday hollarning sodir bg’lmasligi uchun qatlam sharoitidagi muayyan ahvolga hisob-kitoblar qilinishi va shunga qarab lozim bg’lgan hollarda qatlamga quruq gazni haydab, uning bosimini ushlab turish imkoniyatini yaratish maqsadga muvofiqdir. Ana shundagina kg’plab kondensatning nobud bg’lishining oldi olinadi. Bu jarayonlar maxsus nazorat ostida bajarilishi lozim. Karbonat kollektorlarga joylashgan neft konlariga kislota bilan ishlov berishda g’ta ehtiyotkorlik lozim, agar ishlov beruvchi quduq suv-neft chegarasiga yaqin joyda bg’lsa, bu qilingan ish teskari natija berib, g’sha chegaradagi suvni quduq tubiga barvaqt kelib qolishiga sababchi bg’lishi va natijada ma’lum miqdorda neft nobud bg’lishi (qolib ketishi) mumkin. Kg’p yillik muzlagan joylarda joylashgan uyumlarni ishlatish vaqtida ham qatlamning tabiiy sharoitini keskin g’zgartirmaslik choralarini kg’rish taqozo etiladi, aks holda yllik qatlam tarzi buzilib, bizga faoliyatimiz uchun zararli natijalar kelib chiqishi mumkin. Buzilgan oluvchi quduqlarni ishlatish lozim bg’lgan hollarda uni yaxshilab kg’rish va qilinadigan ishga manfiy ta’siri bg’lmagan holda va davlat nazorat muassasalarining ruxsati bilan ishga tushirish tavsiya etiladi. Haydovchi quduqlar buzilgan bg’lsa, ularni ishlatish tavsiya etilmaydi. Quduq tubi atrofining g’tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida bajariladigan ishlar (kislota bilan ishlov berish, qatlamga gidrorazrыv usulida ta’sir g’tkazish va shu kabilar) quduqdagi kolonnaning butunligiga va ularning germetikligiga xech qanday ta’sir kg’rsatmasligining ilojini qilish lozimdir. Kon inshootlari va kommunikatsion qurilishlarning konni ishga tushirish vaqtidan orqada qolishi kg’plab neft va gazning nobud bg’lishiga sabab bg’lishi mumkin. Qatlamga suv haydash loyihalashtirilgan sharoitlarda suv xaydash uchun lozim bo’ladigan inshotlar va ularning yo’llari, haydovchi quduqlar o’z vaqtida ishga tayyorlanishi va qatlamdan olinadigan hamda unga haydaladigan mahsulotlar mutanosibligini saqlash taqozo etiladi. Aks holda qatlamga suv haydash jarayonidan kutiladigan natija samarali bg’lmay qolishi mumkin. Neft yig’uvchi inshootlar ham g’z vaqtida tayyorlanmog’i lozim bg’lmasa, ma’lum vaqt davomida tayyor quduqlar ishlatilmay konservatsiya holatida turib qolishi mumkin. Bunday holatga yg’l qg’yib bg’lmaydi. Loyihada kg’rsatilgan faoliyatlarning g’z vaqtida amalga oshirilishi er osti boyliklarini muhofaza qilishning muhim omillaridandir. Kon sharoitida ishlatilishi lozim bg’lgan barcha inshootlarning mavjudligi va ularning ishga tayyor holati hozirgi zamonning eng muhim talabidir. Aksariyat hollarda bunday inshootlarga ba’zan ikkinchi darajali degan fikr bilan qaralishi natijasida kg’plab zarur mahsulotlar nobud bg’ladi. Bunga yorqin misol sifatida milliardlab m3 neft konlaridan chiqadigan yg’ldosh gazni havoga chiqarib yoqilishini keltirish mumkin. Neftni qazib chiqarish va uni kerakli joylarga tarqatish masalasi loyihada kg’rsatilgan bg’yicha olib boriladi, lekin neft bilan chiqadigan yg’ldosh gazning ishga tushirilishi e’tibordan chetda qoladi. Agarda jarayon loyiha bg’lganda ham unga e’tibor berilmay tabiat inom qilgan xomashyoga nisbatan vahshiylik qilinadi. Bunda muhitga zarardan tashqari iqtisodiyotga ham oz muncha zarar keltiriladi. Ikkinchi misol tariqasida gaz kondensat konlarida nobud bg’lishi mumkin bg’lgan qimmatli mahsulot kondensatni keltirish mumkin. Hech kimga sir emas, yaqingacha bunday konlar bizda oddiy gaz konlari qatorida ishlatilgan, natijada har bir quduq oldida "kondensat hovuz" lari hosil bg’lar edi. Keyingi 10-15 yil ichida bunga e’tibor qilinib, kondensatni gaz tarkibidan chiqarib olish texnologiyasiga ahamiyat berishga boshlashdi. Bizda yaqin-yaqinlargacha gaz tarkibida mavjud bg’lgan oltingugurt vodorodi xavoda yoqilar edi. Keyingi vaqtlarda undan organik oltingugurt olish texnologiyasi ishlab chiqildi va sanoat miqyosida qg’llanilmokda. Bunga yorqin misol sifatida Muborakdagi gaz kompleksini faoliyatini keltirish mumkin. G’rta Osiyo regionidagi tarkibida oltingugurt vodorodi mavjud gazlar hisobiga ishlayotgan bu kompleks yiliga necha minglab tonna sanoat va qishloq xg’jaligi uchun zarur xomashyo bg’lgan sof oltingugurtni olgandan tashqari milliardlab m3 gazni zararli "chiqindidan" tozalab sanoat korxonalari va xonadonlar oshxonasiga etkazib berishga hissa qg’shmoqdalar. Ma’lumki, hozirgi kunda olinayotgan neftning kg’p qismiga qatlam bosimini tashqaridan haydalgan suv bilan ushlab turish tarzini vujudga keltirish hisobiga erishilmoqda. Buning natijasida neft bilan juda kg’p miqdorda suv olinishi sodir bg’layotir. Kon sharoitlarida bu suvlar aksariyat qayta ishlab, yana qatlam bosimini kg’tarish uchun unga haydash ishlari yg’lga qg’yiladi, lekin bunda sharoitga qarab hamma suvni ishlatish imkoni bg’lmaydigan hollar ham mavjud. Unday suvlarni (ya’ni qatlamdan neft bilan birga chiqqan) nima qilish kerak? Axir ularning tarkibida oz bg’lsa ham neft, gaz, kondensat, erigan tuzlar, har xil zaharli sirt aktiv moddalar mavjud. SHuning uchun ularni oqar suvlarga qg’shib yuborish tabiatga katta zarar keltiradi (afsuski bunday hollar uchrab turadi) va daryolardagi baliqlar hamda boshqa jonzotlarning kg’plab qirilishiga sabab bg’ladi. Unday suvlarni ekinlarni sug’orish ishlariga ishlatib bg’lmaydi, ichish esa mutlaqo mumkin emas. SHuning uchun bunday suvlarni neftli qatlamga haydash ayni muddao, lekin undan ortganini er ostidagi suvli qatlamlarga haydalgan maqsadga muvofiqdir, lekin bu ish ham qulay imkoniyatlar mavjud bg’lganda amalga oshirilishi mumkin, aks holda tabiatning muvozanati buzilib kg’ngilsiz holatlarga sababchi bg’lishi mumkin. SHuning uchun ham chiqindi suvlarni ma’lum darajada zararsizlantirish choralarini kg’rish, bu ishlarni loyihalash-tirish va ularni amalga oshirish uchun ma’lum mablag’ ajratish hamda bularning hammasini neftning tannarxi hisobiga g’tkazish maqsadga muvofiqdir. SHunday qilingandagina biz tabiatni har qanday chiqindilar xisobiga bulg’anishining bir qismini bartaraf etgan bg’lamiz. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling